DO`STLARGA ULASHING:
- Asal, grek yong‘og‘i va limon
- Dengiz karami
Uning tarkibida yod va 40 xil vitamin va elementlar qalqonsimon bez faoliyati bilan bog‘liq kasalliklardan himoyalaydi.
Qalqonsimon bez faoliyati bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olish maqsadida ovqat ratsioniga mazkur mahsulotni kiritish muhimdir.
- Xurmo
Xurmo tarkibi yod moddasiga juda boy. Yana uning tarkibi magniy, natriy, temir (uning tarkibida temir olmadan ham ko‘p miqdorda uchraydi) shu bilan bir qatorda A,S,R vitaminlari mavjud.
- Piyoz
Qalqonsimon bez, jigar va yurak uchun juda foydali. Piyozning tarkibida immunitetni ko‘taruvchi mikroelementlar mavjud.
- Olma
Olmali kokteyl juda foydali sanaladi. U qalqonsimon bezni xavfli saraton hujayralaridan himoyalaydi.
- Krab go‘shti va dengiz mahsulotlari
Ularning tarkibidagi V 12 vitamini va ruh moddasi organizmdagi immunitetni kuchaytiradi. Konservalangan krab go‘shti ham o‘zida foydali moddalarni saqlaydi.
- Chernika
Tarkibida rekor darajada antioksidantlar mavjud. Ular erkin radikalllarni parchalab saratonni oldini oladi.
- Ismaloq
Ismaloq tarkibida ko‘p miqdorda lyutein va karotenoidlar mavjud bo‘lib, u qalqonsimon bez faoliyatini ishlashini yaxshilaydi.
- Qizil baliq
Ekspertlarning ta’kidlashicha qalqonsimon bez tunda “oziqlanadi”. Qaynatilgan, dimlangan qizil (losos, semga, forel, gorbusha) baliqlar qalqonsimon bezning oziqlanishida yaxshi mahsulotlardan sanaladi. Qizil baliq – foydali omega-3 yog‘ kislotasiga boy. Undan tez tez tanovul qilish koni foyda sanaladi.
Xurshida HUSENOVA
soglom.uz/tavsiya/qalqonsimon-bez-faoliyatini-yaxshilaydigan-9-mahsulot/