DO`STLARGA ULASHING:
Kerakli masalliqlar:
1 dona o‘rtacha kattalikdagi baqlajon, 1dona pomidor, yarimta bodring bo‘lagi, 1 dona tuxum, 2 dona sarimsoq bo‘lagi, 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i va bir chimdim tuz.
Tayyorlanishi: pomidor va bodring mayda qilib to‘g‘raladi va yaxshilab aralashtiriladi. Ichiga 2 bo‘lak sarimsoq donalari maydalab to‘g‘raladi. Baqlajonni po‘stlog‘i bilan ingichka qilib, uzunasiga parrak-parrak qilib kesib chiqiladi va tuz solingan sovuq suvga 15 daqiqa botirib qo‘yiladi. 1 dona tuxumni tuz bilan aralashtirib, unga baqlajonlar botirib olinadi. So‘ngra qizigan yog‘da baqlajonning ikki tarafi yaxshilab qizartiriladi. Qovurilgan sabzavot yuzasiga pomidorli aralashma yoyilib, sekin-asta rulet shaklida o‘raladi.
Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/baqlajonli-rulet/