DO`STLARGA ULASHING:
Zarur masalliqlar: oddiy yumshoq xamir, 500 gr. gruch, 500 gr. qiyma, 3 ta piyoz, 3 osh qoshiq tomat, ta’bga ko‘ra tuz, ziravor va ko‘katlar.
Tayyorlanishi: qozondagi qizigan yog‘ga bir dona piyoz solib tilla tusga kirguncha qovuriladi. So‘ngra guruch solinib 10 daqiqaga dimlanadi. Guruch pishguncha piyozni maydalab to‘g‘raladi. Pishgan guruch, qiyma va piyozni ziravorlar bilan yaxshilab aralashtiriladi. Tingan xamirni yupqa qilib yoyilib ustiga qiyma surtib chiqiladi. So‘n uni dumaloq qilib o‘raladi. Qasqon listiga yog‘ surtib o‘ralmalarni qo‘yib chiqib, 45 daqiqaga baland olovda pishirib olinadi.
Taomimiz tayyor bo‘lgunga qadar qayla tayyorlab olinadi. Tovaga ozgina maydalab to‘g‘ralgan piyozni oltin ranga kirguncha qovuriladi. So‘ngra 2-3 osh qoshiq tomat solib bir piyola suv solib past olovda pishiriladi. Tayyor bo‘lgan xamir xaspni likopchaga suzib ustiga qayla quyib ko‘katlar bilan bezatiladi.
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/xamir-xasip/