DO`STLARGA ULASHING:
Windows tizimini o’rnatgandan so’ng, o’rnatilishi lozim bo’lgan dasturlar
Tizim o’rnatilgandan so’ng ko’pchilik bir ikkita dastur qo’yib qolganlarini keyinroq kerak bo’lganda qo’yadi, kerak bo’lganda dastur topilmaydi?. Shuni oldini olish uchun, odatda ko’p ishlatiladigan dasturlar ro’yhatini yozib o’taman.
? Drayverlar — Windows o’rnatilgandan so’ng, dastlab albatta qurilmalarnig o’zining drayverlarini qo’yish lozim, hech qanday umumiy yoki qo’lbola qilingan drayverlarni qo’ymang.
? Antivirus dasturi, pullik Kaspersky yoki, bepul Comodo, Avast.
? Office dasturlari — pullik Microsoft Office yoki bepul LibreOffice.
? Arxivlash va arxivni ochish dasturi — pullik WinRar yoki bepul 7-ZIP.
? Brauzer — bu yerda tanlov ko’p, Chrome, Firefox, Edge. Tizimning o’z brauzeri ham bor, qaysiki Internet Explorer deb nomlanadigan, lekin… bo’lmaydi aslo?
? Video, audio kodek — bepul K-Lite Codec Pack, buning ichida video uchun Media Player Classic Home dasturi ham bor. Yuqoridagi fikr, Windows tizimini o’ziniki ham bor, o’sha gap?.
? Fayllar bilan qulay ishlash uchun- pullik Total Commander yoki bepul Double Commander.
? PDF formatli fayllarni o’qish — pullik Adobe Acrobat Reader yoki bepul PDF24 Creator.
? Internetdan fayllarni yuklash uchun Download Master dasturi.
Yuqoridagilar birlamchi kerak bo’ladigan dasturlar, qolganlari o’zingiz hohishingizga qarab o’rnataverasiz, misol uchun: Skype, Telegram, Nero, Daemon Tools, DirectX, …