ALAZEYa

ALAZEYa — RF tarkibidagi Saxa (Yakutiya) Respublikasining shim.sharqidagi daryo. Uz. 1590 km, havzasining mayd. 64700 km2. A. Alazeya yassi toglarida Nelkan va Kadilchan soylarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Sharqiy Sibir dengiziga quyiladi. Alazeya oʻzani juda egri-bugri. Daryo quyilish yerida bir qancha tarmoqlarga boʻlingan. Alazeya havzasida 24 mingdan ortiq koʻl bor. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Quyilish yerida oʻrtacha suv sarfi 320 m3/sek. Sent. oxiri — okt. boshlarida muzlab, may oxiri — iyun boshlarida muzdan boʻshaydi. Eng yirik irmogʻi — Rossoxa.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x