DO`STLARGA ULASHING:
Saida Saidbekova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTRISАSI
Saidbekova Saida Аbdugʼulomovnaga 1988 yilda Sirdaryo viloyatida tavallud topgan. Ushbu teatrda 2013 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2008 yil «Nihol” Davlat mukofoti sovrindori. Teatr va kinodagi betakror obrazlari orqali tomoshabinlar nazariga tushib, xalqning olqishiga sazovor boʼlayotgan isteʼdodli aktrisa. U yakkaxon xonanda sifatida ham muxlislariga ega. S.Saidbekova «Tong otgan taraflar”da Manguhayot, «Yangi yil tomoshalari”da Qorqiz, «Oʼzbekcha raqs”da Qiz, «Rustam” Qiz kabi rollarni ijro etib kelmoqda. U kino, videofilьm va milliy seriallarda ham 10 ga yaqin rollar ijro etib oʼz muhlislariga ega boʼldi. Jumladan: «Vijdon”, «Farzandim 1-2”, «Xoʼrlanganlar”, «Sevgi xatolari”, «Sadoqatli sevgi”, ”Ishkalchi oshiqlar”, «Yodgor”, «Fidoyilar”, «Yoʼllangan sovchi”, «Kuyovlar qoʼzgʼaloni”, «Tungi mehmon” kibi kinofilm va seriallarda bosh qaxramon rollarini ijro etgan. Nihoyatda botartib inson. Isteʼdodli aktrisa. Ijodiy vazifalarini koʼngildagidek oʼrniga qoʼyadi. Jamoat ishlarini koʼngildagiday bajaradi. Xulq atvori aʼlo. Davlat tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.