DO`STLARGA ULASHING:
Triderm maz foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
?Triderm maz — antibakterial , yalliglanishga qarshi, zamburugga qarshi sirtga qo’llaniladigan dori preparati.
? Chiqarilish shakli — maz va krem . 15 gr va 30 gr massada.
?Dori shakli : maz ( surtma)
?Tarkibi: 1 gramm maz quyidagilarni saqlaydi.?
⭐️Faol modda — betametazon, gentamitsin sulfat, klotrimazol
⭐️Yordamchi moddalar— suyuq parafin.
?Ta’sir qilishiga ko’ra:
Yalliglanishga qarshi ( mahalliy), antibakterial tasirga ega ( mahalliy).
?Qo’llanilishi
— Dermatoz ( teri kasalliklarida).
— Dermatitlarda ( teri yallig’lanishi).
— Ekzemada
— Zamburugli kasalliklarda ( kandidozlarda) , chov soxasi zamburugli kasalliklarida
— Allergik teri kasalliklarida
— Teri qichishida
—Terining bakterial va zamburugli kasalliklarida
—Eng avvalo preparat kasallikning namlanuvchi shikastlanishlarida qollaniladi.
?Qabul qilish usuli va dozalari
Tana terisining sirtqi shikastlangan qismiga surtiladi. Sutkasiga 2 marta sirtga qollanadi.
?Nojo»ya ta’siri
— Teri qurishi
— Eritema
— mahalliy shish
— Achishish
— Teri qichishish
— Teri rangini o’zgarishi
?Qo’llash mumkin bo»lmagan holatlar:
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda
— Teri tuberkulyozida
— Gerpesda
— 2 yoshgacha bolgan bolalarda
—Vaksinadan keyingi reaksiyalarda
—Teridagi virusli infeksiyalarda mumkinmas. ( bakterial va zamburugli infeksiyalarda mumkin).
— Shilliq qavatlar va ko’z atrofiga yaqin joyda qo’llash mumkin emas.
?ESLATMA: Homiladorlikda preparatni terining katta qismiga surtilmaydi. Preparat mahalliy ta’sir qiladi shu sabab homila ga yaqin sohalarda qo’llashni tavsiya bermayman.