DO`STLARGA ULASHING:
Atenolol foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
?Atenolol — antigipertenziv vosita.
?Tasir etuvchi faol modda:
Atenolol 50 mg yoki 100 mg.
?Tasir qilishiga ko’ra:
Antigipertenziv vosita (selektiv beta — adreno -blokator).
Miokardning qisqaruvchanligini va uning kislorodga bo’lgan ehtiyojini pasaytiradi.
?Qo’llanilishi
— Zo’riqish stenokardiyasi
— Arterial gipertenziyada
— O»tkir bosqichdagi miokard infarktini o’tkazgan kasallarda ikkilamchi profilaktika maqsadida.
?Qo’llash usuli va dozasi
Ovqatdan oldin buyuriladi, chaynamasdan oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.Kunning bir vaqtida qabul qilgan afzal.Qabul qilishda boshida 50 mg dozadan sutkada 1 marta buyuriladi. Bu dozada antigipertenziv samara bo’lmasa sutkasiga 100 mg ga oshirsa bo’ladi.
?Nojo’ya ta’siri
— Anemiya
— Tromboz
— Ongni chalkashishi
— Depressiya
— Bezovtalik
— Bosh aylanishi, bosh og’rig’i
— Toliqish
— Tirishish
— Ko’zlarni qurishi
— Oyoqlar sovushi
— Bradikardiya
— Teri qichishish
— Toshmalar
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda
— Kardiogen shokda
— AV blokadalarda
— Yaqqol bradikardiyada
— Qon bosimi pasayganda
— 18 yoshgacha bo’lgan bolalarda
— Xomiladorlik va emizish davrida.