DO`STLARGA ULASHING:
Vishnevskiy maz ( liniment balzam) foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
?Vishnevskiy maz ( liniment balzam) — antiseptik vosita.
?Chiqarilish shakli — 20 gr, 25 gr va 30 gr massada chiqadi.
?Dori shakli : maz ( surtma).
?Ta’sir qilishiga ko’ra:
Antiseptik, dezinfeksiyalovchi vosita.To’qimalarda qon aylanishini yaxshilaydi.Shikastlangan terining qayta tiklanishida muhim ahamiyatga ega.
?Qo’llanilishi
— Mahalliy yiringli yallig’lanish jarayonlarida
— Furunkulda ( yiringli teri kasalligi).
— Absessda ( yiringli teri kasallik).
— Trofik yaralarda
— Kuyishda
— Chuqur yaralarda yiring bo’lsa ichidan yiringni chiqarib olish uchun.
— Yaralar, jarohatlar va yotoq yaralar bilan kasallanganda.
— Limfadenitda
?Qo’llash usuli va dozasi
Sirtga qollanadi. 5 — 6 qavat dokaga vishnevskiy mazini surkab shikastlangan sohaga sutkasiga 2 — 3 marta bog’lanadi. Bog»lov 1 sutkadan keyin almashtirilishi kerak.
?Nojo’ya ta’siri
— Giperemiya
— Shish
— Teri qichishishi
?Qo’llash mumkin bo»lmagan holatlar:
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
?ESLATMA: Homiladorlikda shifokor maslahati bilan.