Talha ibn Ubaydulloh

DO`STLARGA ULASHING:

“Kim o‘lganidan keayin xam yerda yurgan kishini ko‘rmoqligi xursand qilsa, bas u Talha ibn Ubaydullohga qarasin.” (Muhammad Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)dan)
Quraysh axlining tijorat karvonlaridan biri Shomga qarab yo‘l oldi. Talha  ibn  Tamimi (rodiyallohu anxu) ular bilan birga edi. Karvon Busra shaxriga (Busra Suriyadagi  shaxarlardan biri edi) kirib keldi.
Qurayshning ulug‘ savdogarlari oldi-sotti qilishlik uchun odamlari ko‘p bozorga shoshildilar. Kichkina yosh bola bo‘lishlariga qaramasdan, katta savdogarlar kabi savdo sotiqni yaxshi biladigan, zakovotli, nozik ishlarda ular bilan birga raqobat qilar edilar.
Ertalabdan to kechgacha Talha (rodiyallohu anxu) vaqtlarini bozorda o‘tkazdilar, Xar-xil o‘lkalardan odamlar bozorga oqib kelar edi. Shunday kunlarning birida bir xodisa yuz berdiki, shu  sababdan butun xayotlari o‘zgarib ketdi.
Keling so‘zni yaxshisi “Talha ibn Ubaydulloh (rodiyallohu anxu)ga” bersak, ular o‘zlarining qiziqarli xayotlarini bizga so‘zlab bersinlar.

*   *   *
Talha (rodiyallohu anxu) aytadilar:
“Busro bozorida yurganimda, nasroniy dini roxiblaridan biri odamlarni o‘ziga chaqirdi: “Ey savdogarlar jamoasi! Oralaringizda Makka axlidan biror kishi bormi?” Men yaqinroq bo‘lganim sababli shoshilib, “men Makka axlidanman dedim”.
“Oralaringizda “Axmad” ismli kishi bormi?” — deb so‘radi.
“Kim u  “Axmad“?” — dedim.
“Abdul Mutallibning o‘g‘li Abdulloh” — dedi roxib. “Shu oy u kishining  kelishlari  kerak va u oxirgi Payg‘ambarlardandur. U sizlarning Makka yeringizdan chiqadi va qora toshli yeringizga joylashadi, xurmo va chuchuk suv bor joyga. Ey yigit! uning oldiga shoshiling.”
Talha davomida aytadilar :
“Roxibning aytganlari qalbimga joylashib qoldi. Men tuyalarim oldiga shoshilib ularni Makkaga qaytishlikka xozirladim, shoshganimdan karvonimni xam qoldirib ketdim. Yetib kelib o‘z axlimdan so‘radim: “Makkada men yo‘g‘imda biron kor xol bo‘ldimi? Menga aytishdiki: “Xa Abdullohning o‘g‘li Muhammad chiqib, o‘zini oxirgi Payg‘ambar deb e’lon qildi. Unga Abu Kuxofa ya’ni (Abu Bakr) ergashdi.
Talha dedilar:
Men Abu Bakrni juda yaxshi bilar edim. U  kishi  yoqimli va  ko‘pchilikni ichida obro‘li inson edilar. Xalol va rostgo‘y tijoratchi va biz u kishi bilan do‘st bo‘lib, ko‘p vaqtlarimni u kishining oldida o‘tkazishlikni yaxshi ko‘rardim. Undan tashqari “qurayshliklar” tarixini yaxshi bilar va nasablarini ajrata olar edilar. Oldilariga borib so‘radim: “Odamlar Abdullohning o‘g‘li Muhammadni oxirgi payg‘ambar va siz u kishiga ergashgan emishsiz,  shu to‘g‘rimi?”, “Xa”, — deb javob berdilar. Keyin u kishi menga Payg‘ambar xaqida gapirib berdilar va meni xam u kishiga ergashishlikka targ‘ib qildilar. Men xam Abu Bakirga roxibdan eshitganlarimni gapirib berdim. U kishi xayron qolib dedilar: “Men bilan birga Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ning oldilariga borgin, bu xabarni o‘zing u kishiga aytib bergin, keyin ular nima deganlarini eshitamiz.
Allohning diniga targ‘ib qilishlik uchun. Talha (rodiyallohu anxu) qissalarini davom ettiradilar:
Men va Abu Bakr (rodiyallohu anxu) ikkimiz Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ning oldilariga borganimizda u kishi menga islomni qabul qilishlikni taklif qildilar va qur’on oyatlaridan menga tilovat qilib berdilar, dunyo va oxirat xabarlarini yaxshi yetkazdilar. Alloh qalbimni islomga ochdi. Men u kishiga “Busradagi” bo‘lgan voqeani so‘zlab berdim. Mening so‘zimdan Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) juda xursand bo‘ldilar, bu shundoqqina yuzlaridan ko‘rinib turar edi. Keyin men ular oldida oshkor qilib imon keltirib, shaxodatni aytdim “Guvoxlik beraman Allohdan o‘zga ilox yo‘q va Muhammad Allohning elchisi”, Abu Bakr (rodiyallohu anxu)ning sharofatlari bilan men islomni 4 chi bo‘lib qabul qildim.

*   *   *
Bu  qurayshlik bolani islomni qabul qilishidan uning yaqinlarini bir chaqmoq urgandek bo‘ldi. Xammadan ko‘proq onasini jaxli chiqib qayg‘urdi. Saxiyligi va xalqparvarligidan onasi uni qavmining kattasi bo‘lishligiga umidvor edi.

*   *   *
Talhaning qarindoshlari uning yangi dindan yuz o‘girishini istaganlarida, xuddi ulkan tog‘ joyidan qimirlamagandek, uning xam qaytmasligini bilishdi. Yaxshi gapga kirmaganlikdan umidini uzgan qavm og‘ir qiynoqlarni qo‘llay boshladilar.
Mas’ud Ibn Xarash so‘zlab beradilar:
“Safo va Marvo tog‘lari orasida sayr qilayotgan edim (sayr qilishlik joxiliyat xayitida xam bo‘lgan). Ko‘p odamlar bir yigitni ketidan kelishayotganini ko‘rdim, qo‘llari bo‘yniga bog‘langan, orqasidan nuqtab, boshiga qarab urishar edi. Ularning orasida bir qariya ayol xam bor edi. U ovozini boricha uni xaqoratlab kelardi. Men so‘radim: Bu yigit nima qildi? Javob berishdiki: “Bu Talha Ibn Abdulloh, o‘zining dinidan voz kechgan va qandaydur xoshimiyga ergashgan kimsa.” Unday bo‘lsa orqasidagi qari ayol kim?: “Bu ayol Assaba Bint Al Xazromi, shu yigitni onasidur.

*   *   *
Shundan  so‘ng  Nofal ibn Xuaylid, qurayshliklar bu kishini (qurayshning sheri) deb laqablashardi, Talha ibn Ubaydulloh (rodiyallohu anxu)ning yonlariga kelib, arqon bilan qo‘llarini qattiq bog‘ladi va Abu Bakr (rodiyallohu anxu)ni xam ikki qo‘lidan bog‘lab, ularni ustilarida xar-xil qiynoqlarni o‘tkazish uchun, ikkovlarini Makkaning aqli zaiflari qo‘liga topshirdi. Shu sababdan Talha (rodiyallohu anxu) va Abu Bakr Siddiq (rodiyallohu anxu)ni “ikkisi bog‘langan” deb chaqirishar edi.

*   *   *
Kunlar ketidan kunlar o‘tib, xodisalar birin ketin bo‘lib o‘tdi. Talha (rodiyallohu anxu) o‘sib kuch quvvatga to‘lishdi. Alloh va Rasulining yo‘lida ulg‘ayib katta bo‘ldi. Talha (rodiyallohu anxu)ning islomga bo‘lgan qattiyatliklari va sadoqatliklari xamma musulmonlar uchun o‘rnak bo‘ldi. Xatto “tirik shaxid“ degan nom oldilar, Allohning Rasuli u kishini bir necha nomlar bilan nomladilar (yaxshi Talha, saxovatli Talha, ko‘ngli keng Talha) deb chaqirar edilar. Bu xar-xil laqablarning o‘z tarixi bor va ularning xammasi biridan qiziqarliroqdur.

*   *   *
“Tirik shaxid” laqabining qissasi “Uxud  jangi” kunida musulmonlar Allohning Rasulini tashlab qo‘yganida, oldilarida faqatgina 11 kishilik ansorlar va muxojirlardan iborat jamoat qolganida yuz berdi. Talha ibn Ubaydulloh (rodiyallohu anxu) va Allohning Payg‘ambari tog‘ tarafga qarab chekinishayotgan paytda, mushriklar ularga tashlanib Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ni o‘ldirmoqchi bo‘lishgan edi.. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) aytdilar:
“Kim ularni orqasiga qaytarib, men bilan birga jannatda bo‘lguvchidur?”
Talha “Men ey Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) dedilar.
va yana bir kishi ansorlardan “Men” dedi.
Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) ansoriga ruxsat berib, menga sen qol dedilar. Ansori dushmanning xujumini qaytarib shaxid bo‘ldi. Mushriklar yana xujum qilib musulmonlar jamoasini o‘rab oldilar.
Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) dedilar:
“Mushriklarni qaytaruvchi yana kim bor?”
“Men, yana chiqdim” — Allohning Rasuli yana izn bermadilar.
“Unda men u ishni qilaman” — deb ansorlardan bir kishi chiqdi.
Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) yaxshi sen bor dedilar. Bu ansori xam mardonavorcha kurashib shaxid bo‘ldi.
Allohning rasuli tog‘ tarafga qarab ko‘tarilayotganlarida mushriklar yana o‘rab oldilar. Shunda Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) yana qaytaruvchi kim bor dedilar. Talha (rodiyallohu anxu) bu safar “Yana men” deb izn so‘radilar. Bu safargisida Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) u kishiga ruxsat berdilar, boshqa ansorlar xammasi shaxid bo‘lgan edi.
Alloh rasulining muborak tishlari sindi, lablari yorilgan, yuzlaridan qon oqardi, oyoqlari lat yegan, charchaganlikdan xollari yo‘q edi. Talha (rodiyallohu anxu) mushriklarga tashlanib ularni daf qildilar. Keyin orqalariga qaytib kelib, Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam)ga toqqa chiqishlari uchun yordamlashdilar. Bir qancha vaqtdan so‘ng u Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ni yerga o‘tkazib, so‘ng yana mushriklarni yo‘q qilgani jangga kirib ketdi.
Abu Bakr (rodiyallohu anxu) aytadilar:
Bu vaqtda men va Abu Uboda ibn Jarrox (rodiyallohu anxu) ikkimiz Rasululox (sallallohu alayhi va sallam)ga yaqin edik. U kishining oldilariga yordam uchun borganimizda:
“Meni xoli qo‘yinglar, do‘stingiz uchun yordamga shoshilinglar (Abu Talhani nazarda tutib aytdilar).”
Talha bir necha joyidan jaroxatlangan edi. Qilich zarbidan, kamon o‘qidan, nayza zarbasidan qonlar oqardi, jang vaqtida bir qo‘llari kaftidan kesilib chuqurchada yotardi “kaftlar”. Shundan keyin Allohning Rasuli aytdilar: “Kimning o‘limdan keyin xam yerda yurgan kishiga qarashligi xursand qilsa, bas u Talha ibn Ubaydullohga qarasin”.

*   *   *
Talha ibn Ubaydulloh (rodiyallohu anxu)ning “tirik shaxid” qissalari shundaydur. Boshqa laqablari xususida to‘xtalsak “saxovotli va bag‘ri keng” bularning xar birini o‘zining aloxida qissalari bor:
Bilamizki Talha (rodiyallohu anxu) katta tijoratchi edilar. Bir kuni  “Xadramautdan” qilgan savdolari uchun u kishi 70 000 dirxam foyda ko‘rdilar. Shu kechasi uxlay olmasdan chiqdilar, yonlariga xotinlari Ummu Gulsum, Abu Bakr Sidiq (rodiyallohu anxu)ning qizlari kirib dedilar:
“Nima bo‘ldi sizga? Ey Muhammadning otasi, naxotki bizdan biron birimiz sizni xafa qilgan bo‘lsak?”
“Yo‘q” – dedilar Talha (rodiyallohu anxu), — sen musulmon kishida bo‘ladigan eng yaxshi xotindursan. Lekin men kechasi bilan o‘zimga savol berib qiynaldim: “Bir inson uyida shuncha boylik bo‘la turib, qanday qilib tinch uxlay oladi, o‘zining Robbisi xuzurida nima deb xisob beradi?”
“Nima uchun bu sizni tashvishga solayapti?” – deb so‘radi xotinlari.
“¡zing o‘ylab ko‘rgin, atrofimizda shuncha muxtojlar bo‘la turib qanday xotirjam bo‘lay”.
“Ertalab bu pullarni ular orasida taxsimlar berib yuboring” — dedi xotinlari. Alloh sendan rozi bo‘lsin sadoqatli insonning qizi va sadoqatli xotin deb xursand bo‘ldilar. Ertalab bu pullarini va boshqa boyliklarni Talha (rodiyallohu anxu) ansor va muxojirlar orasida taqsim qilib berdilar.

*   *   *

Rivoyat qilishadiki, Talha (rodiyallohu anxu)ning oldiga bir kishi kelib u bilan qarindoshligini va unga yordam berishni so‘radi. Talha (rodiyallohu anxu) dedilar:
“Meni oldimda xech kim bu qarindoshlikni xabarini aytmagan edi. Agar xoxlasang meni bir yerim bor, uni Usmon ibn Affon mendan 3000 dirxamga so‘rab turibdi, xoxlasang sotib pulini olib beraman yoki xovlini olgin.”
U kishi pulini olishlikni so‘radi, Talha (rodiyallohu anxu) shu pulning xammasini berib yubordilar.  Alloh u kishidan rozi bo‘lsin (Saxovotli va ochiq ko‘ngil) deb chaqirgan Rasulilloh (sallallohu alayhi va sallam)ning xam Alloh qabrlarini nurga to‘ldirsin.
TALHA ibn UBAYDULLOH (taxminan 594-656) — sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashsharadan.
Quraysh qabilasining Banu Tamim urug‘idan bo‘lgan. Talha islomga kirgan paytlari mushriklardan ko‘p zulm ko‘rgan. Badr jangidan boshqa ham g‘azovotlarda Muhammad (sav) bilan birga bo‘lgan.
Badr jangida Rasuli Akram uni quraysh karvoni haqida ma’lumot keltirish uchun Shomga yuborganlari sababli bu jangda qatnashmagan, biroq o‘ljalardan unga ulush ajratilgan.
Uhud jangida, Rasuli Akramning yonlaridan jilmagan, hatto dushman tarafidan payg‘ambarimizga serpalgan bir qilichni qo‘li bilan qaytarib, qattiq jarohat olgan.
Usmon (ra) vafotidan so‘nggi voqealarda Oisha tomonida bo‘lgan. Jamal jangi (656)da yaralanib, Basrada vafot etgan. Talha payg‘ambarimizdan 38 ta hadis rivoyat qilgan.
Islom ensiklopediyasidan
 
… Payg‘ambar s.a.v o‘z hadisi shariflaridan birida: Kim o‘lganidan keyin ham yerda yurgan kishini ko‘rmoqligi hursand qilsa, bas u Talha ibn Ubaydullohga qarasin», deganlar. Quraysh ahli tijorat karvonlaridan biri shomga qarab yo‘l oldi. Talha ibn Tamimiy ular bilan birga edi. Karvon hozirgi Suriyada joylashgan Busra shahriga kerib keldi. Quraysh kibor savdogarlari oldi-sotdi qilishlik uchun odamlari ko‘p bozorga shoshildilar.
Talha yosh bola bo‘lishiga qaramay bozorni ipidan ignasigacha o‘rgangan edi. Tajribali savdogarlar kabi savdo sotiqni yahshi biladigan, zakovotli, nozik ishlarda ular bilan birga raqobar qiladigan dajaraga yetib ulgurgan edi.
Talhaning vaqti ertadan kechgacha bozorda o‘tardi, shu bois bo‘lsa kerak har xil o‘lkalardan tashrif buyurajak odamlarni kuzatishni ham ikkinchi ishiga aylantirib olgan edi.
Ana shunday kuzatuvlarning birida yer va samodagi hamma narsadan ham aziz bir voqea sodir bo‘ldi. Bu xodisa yoshgina Talhaning hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi.
Keling so‘zni yahshisi “Talha ibn Ubaydullohga” bersak, u o‘zining qiziqarli hayotini bizga so‘zlab bersin.
… Busro bozorida yurganimda, nasroniy rohiblardan biri odamlarni o‘ziga chaqirdi:
— Ey savdogarlar jamoasi! Oralaringizda Makka ahlidan biror kishi bormi?
Da’vatchining xitobi yakunlanmasdanoq, «Menman makka ahlidan!» dedim.
— Oralaringizda “Ahmad” ismli kishi bormi? deb so‘radi haligi odam.
— Kim u “Ahmad“? — dedim.
— Abdul Mutallibning o‘g‘li Abdulloh — dedi rohib. — Shu oy u kishiga oxirgi payg‘ambarlik maqomi berilajak. U sizlarning Makka yeringizdan chiqadi va qora toshli yeringizga joylashadi, hurmo va chuchuk suv bor joyga… Ey yigit, uning oldiga shoshiling!
… Rohibning ajib so‘zlari qalbimga o‘rnashib qoldi. Tuyalarimni hozirladim, endi meni Makkaga qaytishlikdan hech narsa to‘sa olmasdi. Shoshganimdan karvonim ham qolib ketdi. Uyga kelgach, ahlimdan birinchi so‘ragan narsam shu bo‘ldi:
— Men yo‘g‘imda biron korhol ro‘y berdimi?
Javob qalbimning ich-ichini o‘rtab yubordi:
«Ha, Abdullohning o‘g‘li Muhammad chiqib o‘zini oxirgi payg‘ambar deb e’lon qildi!»
«Unga Abu Kuhofa ya’ni (Abu Bakr) ergashdi!»
Men Abu Bakrni juda yaxshi bilardim. Yoqimli va ko‘pchilikning ichida obro‘li inson edi. Halol va rostgo‘y tijoratchi edi. Anchadan buyon uzot bilan qalin oshna bo‘lib qolgandim. Ko‘p vaqtim Abu Bakrning oldida o‘tardi. Uni juda ham yaxshi ko‘rardim.
Abu Bakrning yana bir muhim sifati bor Ediki, u qurayshliklar tarixini boshqalarga qaraganda yaxshiroq bilar nasablarini ajrata olar edi.
Abu Bakrni uchratganimda undan so‘radim:
«Odamlar Abdullohning o‘g‘li Muhammad o‘zini oxirgi payg‘ambar deb e’lon qilganini aytishmoqda. Siz esa unga ergashgan emishsiz, shu to‘g‘rimi?»
-Ha, — dedi Abu Quhofa.
Keyin u payg‘ambar haqida gapirib berdi. Meni ham Allohning rosuliga ergashishikka targ‘ib qildi. Men ham o‘z o‘rnida rohibdan eshitganlarimni so‘zladim. Abu Bakrning hayroniligi chandon edi.
— Men bilan birga Muhammadning oldiga borgin, bu xabarni o‘zing u kishiga aytib ber. Keyin u zot nima deganlarini eshitamiz. Ollohning diniga targ‘ib qilishlik uchun.
… Men va Abu Bakr ikkimiz Muhammadning huzuriga borganimizda u kishi menga islomni qabul qilishlikni taklif qildilar va qur’on oyatlaridan tilovat qilib berdilar, dunyo va oxirat xabarlarini yetkazdilar.
Alloh qalbimni islomga ochdi. Men u kishiga “Busradagi” bo‘lgan voqeani so‘zlab berdim. Bu xabar Muhammad a.s.ni juda hursand qildi, bu shundoqqina yuzlaridan ko‘rinib turardi. Keyin men ular oldida oshkor qilib imon keltirib, shahodat kalimasini aytdim: Guvohlik beramanki, Ollohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Ollohning elchisi…»
Abu Bakrning sababi ila men islomni to‘rtinchi bo‘lib qabul qildim».
… Qurayshlik o‘g‘lon islomni qabul qilganidan so‘ng, uning qarindoshlari, yaqinlari qanday ahvolga tushgan deysiz? Xursandchilikdan o‘zlarini qo‘yarga joy topa olishmaganmikan? Ha, yo‘q. Eshitganlarning barchasi chaqmoq urgandek seskanishdi. Ammo bu yaqinlarning g‘azabi onasining dahshatga tushgani oldida hech vaqo bo‘lmay qoladi. Ummu Talha o‘g‘lining sahiyligi va xalqparvarligidan xursand bo‘lar, bir kun kelib jigarporasi qavmning ulug‘i bo‘lishiga umid qilardi.
Qarindoshlar Talhani yangi dindan yuz o‘girtirishga urinishdi. Ammo ular murg‘ak qalb sohibi ulkan tog‘ joyidan qimirlamagani singari salobat bilan turganini ko‘rishdi va og‘ir qiynoqlarni qo‘llashga kirishdilar.
Bu voqeani ishonchli inson — Mas’ud Ibn Harash so‘zlab beradi:
«Safo va Marvo tog‘lari orasida sayr qilayotgan edim. (sayr qilishlik johiliyat hayitida ham bo‘lgan).Odamlar bir yigitni sudrab kelishardi. Qo‘llari bo‘yniga bog‘langan mazlumni orqadan niqtashar, tinmasdan boshiga qarab urishardi. Ularning orasida bir qariya ayol hammadan ko‘ra balandroq ovozda haqoratlardi.
— Bu yigit nima qildi? – deb so‘radim ularning yaqinlashganini ko‘rib.
— Bu Talha ibn Ubaydulloh, o‘zining dinidan voz kechgan va qandaydur hoshimiyga ergashgan kimsa.
— Unday bo‘lsa orqasidagi qari ayol kim?
— Bu ayol Assaba bintul Hazromi, shu yigitning onasi.
 * * *
Shundan so‘ng Quraysh ahlining arsloni bo‘lmish Navfal ibn Huvaylid Talhaning qo‘llarini qattiq bog‘ladi. Abu Bakrga qo‘shib ikkovlon ustida eng dahshatli qiynoqlarni o‘tkazishdi. Bu qiynoq shundan iborat Ediki, Makkaning aqli zaiflari qo‘liga topshirish edi. Shu sababdan keyinchalik Talha va Abu Bakrga nisbatan “ikkisi bog‘langan” degan ta’rif ishlatila boshlandi.
Albatta, Allohga chin dildan iymon keltirgan insonlar uchun bu sinovlar «iymoniy saboqlar» bo‘ldi. Qaytanga, ikkalasi bu sinoatlar tufayli o‘z iymonlarini yanada ziyoda qilib olishdi.
… Talha o‘sib kuch quvvatga to‘lishdi. Alloh va Rasulining yo‘lida ulg‘ayib katta bo‘ldi. Talhaning islomga bo‘lgan muhabbati va sadoqati hamma musulmonlar uchun o‘rnak bo‘ldi. Hatto “tirik shahid»degan nom oldi u, Allohning rasuli u kishini bir necha nomlar bilan nomladilar. (yaxshi Talha, sahovatli Talha, ko‘ngli keng Talha) deb chaqirar edilar. Bu har-xil laqabning o‘zining tarixi bor va ularni hammasi bir-biridan qiziqarlidir.
 * * *
“Tirik shahid»laqabining qissasi “Uhud jangi»kunida, musulmonlar Allohning rasulini tashlab, payg‘ambarning oldida faqatgina 11 kishilik ansorlar va muhojirlardan iborat jamoat qolganida yuz berdi. Talha ibn Ubaydulloh va Allohning payg‘ambari tog‘ tarafga qarab chekinishayotgan paytda, mushriklar ularga tashlanib Rasululloh s.a.v ni o‘ldirmoqchi bo‘lishgandi…
Payg‘ambar alayhissalom: «Kim ularni orqasiga qaytarib men bilan birga jannatda bo‘lishni istaydi?» — dedilar
Talha: «Men, ey Rasulalloh!» degan javobni berdi. Ansoriy yana bir kishi mardlarcha otilib chiqdi.
Allohning Rasuli ansoriyga ruxsat berib, Talhaga: «sen qol», — dedilar. Ansoriy dushmanning hujumini qaytarib shahid bo‘ldi. Mushriklar yana hujum qilib musulmonlar jamoasini o‘rab oldilar.
Rasululloh s.a.v yana so‘radilar: «Mushriklarni qaytaruvchi yana kim bor?»
Talha ibn Ubaydulloh yana «Men» deb chiqdi. Biroq Allohning rasuli yana izn bermadilar.
O‘rtaga yana bir ansoriy chiqdi, unga ruxsat berilganida, mardonavorlik ila kurashib shahodat mayini sipqorish nasib etdi.
Payg‘ambar alayhissalom tog‘ tarafga qarab ko‘tarilayotganlarida mushriklar yana o‘rab olishdi. Shunda Rasululloh sollalohu alayhi vasallam yana qaytaruvchi kim bor dedilar. Talha bu safar yana men deb izn so‘radilar. Bu safargisida Rasululloh sollalohu alayhi vasallam u kishiga ruhsat berdilar, boshqa ansorlar hammasi shahid bo‘lgan edi.
 Ollohning rasulining muborak tishlari sindi, lablari yorilgan, yuzlaridan qon oqardi, oyoqlari lat yegan, charchaganlikdan hollari yo‘q edi. Talha mushriklarga tashlanib ularni daf qildi. Keyin orqasiga qaytib kelib, payg‘ambarimizga yordam berib toqqa chiqishlari uchun yordamlashdi. Bir qancha vaqtdan so‘ng u Rasulullohni yerga o‘tkazib, so‘ng yana mushriklarni yo‘q qilgani jangga kirib ketdi.
Abu Bakr aytadilar:
 Bu vaqtda men va Abu uboda ibn Djarroh ikkimiz Rasululohga yaqin edik. U kishining oldilariga yordan uchun borganimizda:
— Meni holi qo‘yinglar, do‘stingiz uchun yordamga shoshilinglar (Abu Talhani nazarda tutib aytdilar). Talha bir necha joyidan jarohatlangan edi. qilich zarbidan, kamon o‘qidan, nayza zarbasidan qonlar oqardi, jang vaqtida bir qo‘llari kaftidan kesilib chuqurchada yotardi “kaftlar”. Chundan keyin Ollohning Rasuli aytdilar: “kimning o‘limdan keyin ham yerda yurgan kishiga qarashligi hursand qilsa, bas u Talha ibn Ubaydullohga qarasin”.
 * * *
Talha ibn Ubaydullohning “tirik shahid «qissalari shundaydur. Boshqa laqablari hususida to‘htalsak “sahovotli va bag‘ri keng” bularning har birini o‘zini alohida qissalari bor:
 Bilamizki Talha katta tijoratchi edilar. Bir kuni “Hadramautdan” qilgan savdolari uchun u kishi 70 000 dirham foyda ko‘rdilar. Shu kechasi uhlay olmasdan chiqdilar, yonlariga hotinlari Ummu Gulsum Abu Bakr Sidiqning qizlari kirib dedilar:
— Nima bo‘ldi sizga? Ey Muhammadning otasi, nahotki bizdan biron birimiz sizni hafa qilgan bo‘lsak?
— Yo‘q — dedilar Talha, — sen musulmon kishida bo‘ladigan eng yahshi hotindursan. Lekin men kechasi bilan o‘zimga savol berib qiynaldim: Bir inson uyida shuncha boylik bo‘la turib, qanday qilib tinch uxlay oladi, o‘zining Robbisi xuzurida nima deb xisob beradi?
— Nima uchun bu sizni tashvishga solayapti? deb so‘radi xotinlari.
— O‘zing o‘ylab ko‘rgin atrofimizda shuncha muhtojlar bo‘la turib qanday hotirjam bo‘lay.
— Ertalab bu pullarni ular orasida tahsimlar berib yuboring dedi hotinlari. Olloh sendan rozi bo‘lsin sadoqatli insonning qizi va sadoqatli hotin deb hursand bo‘ldilar. Ertalab bu pullarini va boshqa boyliklarni Talha ansor va muhojirlar orasida taqsim qilib berdilar.
 * * *
Rivoyat qilishadiki: Talhaning oldiga bir kishi kelib u bilan qarindoshligini va unga yordam berishni so‘radi. Talha dedilar:
— Meni oldimda hech kim bu qarindoshlikni habarini aytmagan edi. Agar hohlasang meni bir yerim bor, uni Usmon ibn Affon mendan 3 000 dirhamga so‘rab turibdi, hohlasang sotib pulini olib beraman yoki hovlini olgin. U kishi pulini olishlikni so‘radi Talha shu pulning hammasini berib yubordilar. Olloh u kishidan rozi bilsin (Sahovotli va ochiq ko‘ngil ) deb chaqirgan Rasululloh S A V dan ham. Olloh qabrlarini nurga to‘ldirsin.
Rijolun havlar-rasulHadis.islom.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x