DO`STLARGA ULASHING:
Statistika bo‘yicha xar ikkinchi ayol bachadon bo‘yinchasi eroziyasi kasalligi bilan to‘qnash kelishi isbotlangan. Bu kasallikka munosabat turlicha bo‘lib, «xechqisi yo‘q» dan «rakkacha olib boradi» kabi fikrlar bilan tugaydi. Quyida bachadon eroziyasi xaqida bildiriladigan xato fikrlarga to‘xtalib o‘tamiz:
1-xato fikr: Eroziyani sababi – faqat mexanik shikastlanish.
Bachadon bo‘yni eroziyasi bu uning epitelial qavatining defekti, ya’ni yarasi xisoblanib, bachadon ichi spiralini noto‘g‘ri qo‘yish va qo‘pol jinsiy aloqa bilan birga infeksion yallig‘lanish jarayoni xisobiga paydo bo‘ladi. Bu nospetsifik yallig‘lanish jinsiy yo‘llar orqali yuqadigan yoki ayol organizmida aslida mavjud bo‘lib, immun tizimidagi kamchiliklar xisobiga shartli patogen mikrofloraga aylangan infeksiya xisobiga rivojlanadi.
2-xato fikr: Bachadon bo‘yni eroziyasi jinsiy xayot boshlangandan so‘ng rivojlanadi.
Bu xato fikr bo‘lib, bachadon bo‘yni eroziyasini yosh qizlarda xam uchratish mumkin. Buning sababi qin mikroflorasining buzilishi (disbioz yoki disbakterioz) xisoblanadi. To‘g‘ri bu o‘zgarishlar yolg‘on (psevdo) eroziyalar deb ataladi. Lekin ular xam chin eroziyalar kabi bachadon bo‘yni epitelial qavatini zararlaydi va maxsus davolash talab etadi.
3-xato fikr: Bachadon bo‘yni eroziyasi belgilarsiz kechadi.
Ko‘pchilik ayollar bachadon bo‘yni eroziyasini faqat ginekologik ko‘ruvlar orqaligina aniqlash mumkin deb o‘ylaydi. Bu faqat mexanik ta’sir sababli eroziyaga tegishli. Aslida esa eroziya asosan infeksion jarayon fonida rivojlangani sababli bir qator belgilarni beradi, ular: jinsiy aloka paytidagi, og‘irlik ko‘tarish oqibatidagi yoki oddiygina aniqlangan ajralmalar, ularning qichishish, ta’sirlanish, kuyishga o‘xshash xissiyot, siydik ajratganda achishish xissi bilan kechishi. Bular bari eroziyaning belgilari va ginekologga uchrashni talab etadi.
4-xato fikr: Bugun eroziya – ertaga onkologiya (rakka aylanadi).
To‘g‘ri eroziya va onkologik kasalliklar orasida bog‘lig‘lik bor. Bu bachadon bo‘yinchasini xar qanday zararlanishi onkologik jarayon uchun fon tug‘dirishi mumkinligi bilan tushuntiriladi. Aynan «mumkin» so‘zi davolanmasdan og‘ir o‘tkazib yuborilgan yallig‘lanish jarayoni va unga qo‘shilgan virusli infeksiya natijasida atipik xujayralar (rak) ni paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Bu esa «eroziya» tashxisi qo‘yilishi bilanoq ginekolog xuzuriga borishga va turli asoratlarni oldini olishga chaqiradi.
5-xato fikr: Eroziyani albatta kuydirish kerak.
To‘g‘ri ilgari eroziyani kuydirish orqali davolash asosiy usullardan xisoblangan edi. Lekin uning o‘ziga yarasha kamchiliklarixam mavjud. Birinchidan bachadn bo‘yinchasida chandiqlar qolishi ilgari tug‘magan ayollar uchun to‘g‘ri kelmasa, ikkinchidan, kuydirish travmatik usul bo‘lib, undan so‘ng xam aloxida parvarish talab etadi. Xozirgi kunda bir qator yarani bitkazuvchi konservativ davo usullari ishlab chiqilgan. Erozini davolash avval uning sababini yo‘qotishga asoslangan bo‘lishi, keyin maxalliy davo tanlanishi kerak.