Mening yurtim-mening fahrim

DO`STLARGA ULASHING:

Vatan — ilk bor ko’zlarimni ochib ko’rgan maskan. Iliq mehri ila siylagan zamin. Qalbimga, yuragimning tub-tubiga yaqin joy. Unda kechagi kunimiz, bugunimiz va ertamiz mujassam. Mening Vatanim — mening faxrim. Har bir go’shasida mustaqillik sabosi yelib, istiqlol nafasi ufurib turgan betakror diyorim bugun bayram og’ushida. Jannatmonand O’zbekistonimiz 25 yoshni qarshilamoqda. Shaharu qishloqlar obodlikdan fayziyob. Tinchlikdan barq urib gullab-yashnayotgan anvoyi gullar ifori, ozodlik qo’shig’ini baralla kuylayotgan bulbullarga hamohang yurtim jamoliga yanada chiroy qo’shmoqda. Kun sayin ortib borayotgan iqtidorlar safi jahon mamlakatlari aro O’zbekistonimiz shuhratini oshirmoqda. Axir shu zaminda yashayotgan har bir o’g’il-qiz buyuk yurtning farzandlari sanaladi. Bugunidan mamnun, ertasidan ko’ngli to’q, kelajak sari yuksak maqsadlar bilan qadam tashlayotgan farzandlardir O’zbekiston bolalari. Tinch o’lkaga yarashadi to’y-u tomosha. Yangrayotgan kuy-qo’shiqlar jarangi tutar olamni. Ariqlarida to’lib oqayotgan zilol suvlar, bolga to’lgan bog’lardagi sarxil mevalar, tandirlarni to’ldirib turgan shirmoy nonlar bularning bari istiqlol tuhfasidir.
29 yoshing muborak, O’zbekistonim!

Noila MADALIYEVA,
Uychi tumanidagi 3-umumta’lim maktabining 7-sinf o’quvchisi

bolalardunyosi.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x