KOLLIMATOR

KOLLIMATOR (collineo — toʻgʻri chiziq boʻylab yoʻnaltiraman) — ingichka parallel nurlar (elektromagnit nurlanish) yoki zarralar (atomlar, elektronlar, elementar zarralar) dastasini hosil qilishga moʻljallangan optik qurilma. Kollimator fokal tekisligida yoritilgan jism joylashtirilgan obyektiv yoki botik, koʻzgudan iborat. Koʻpincha, bunday jism sifatida noshaffof diafragma teshigi xizmat qiladi. Obyektiv va jismlarni Kollimator dagi quvursimon korpusga mahkamlab, ularning bir-biriga nisbatan joylashishi belgilanadi. Qoraytirilgan korpus devorlari yoʻnalishi toʻgʻri kelmaydigan nurlarni yutadi. Kollimatordan chiqayotgan parallel nurlar dastasi bir-biriga yaqin boʻladi: jismning bir nuqtasidan tarqalayotgan nurlar obyektivning difraksiyasi va aberratsiyasi tufayli butkul oʻzaro parallel boʻlmaydi. Fokus masofasi, teshigi, obyektiv aberratsiyasnni toʻgʻrilash sifati, jismning shaql va oʻlchamlari Kollimator qoʻllaniladigan sohaga va undan foydalanish sharoitlariga qarab olinadi. Kollimator astronomiyada oʻlchash asboblarini toʻgʻrilash va ularning kollimatsion (toʻgʻri chiziqlilikdan ogʻish) xatolarini aniqlashda, spektral asboblarda yorugʻlik dastasini hosil qilishda, oʻlchash, sinash va toʻgʻrilash optik asboblarida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x