KOLLAJ

KOLLAJ (frans. collage — yelimlash, yopishtirish) — tasviriy sanʼatdagi texnik usul; biror bir asos materi-alga undan rang va sifati bilan farqlanuvchi materialni yopishtirib asar yaratish; shuningdek, shu usulda yaratilgan sanʼat asari ham Kollaj deb ataladi. Asosan grafikada asarning oʻziga xos taʼsirchanligini kuchaytirishda qoʻllanadi, rang-barang, turli materiallarning favquloddagi uygʻunligi taʼminlanadi. Kollaj kubizm, futurizm va dadaizm vakillari tomonidan rasman ijodiy tajriba sifatida kiritilgan. Keyinchalik rangtasvirda ham Kollaj qisman qoʻllanilgan hollar uchraydi. Oʻzbekiston rassomlari (Oʻzbekiston xalq rassomi T. Mirjalilov va b.) ham Kollaj usulida asarlar yaratishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x