DO`STLARGA ULASHING:
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari tartibini buzish haqida
— Imtihonlar o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa,
— yoki olib kirgan bo‘lsa, imtihonlar davomida imtihon topshiriqlarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa,
— imtihonlar uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin imtihon topshiriqlarini topshirishdan bosh tortsa, imtihon topshiriqlarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa,
— abituriyent imtihon o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va unga nisbatan dalolatnoma tuzilib, imtihondan chetlashtiriladi va o‘qishga qabul qilinmaydi.