QIZIL (1918-yil gacha — Belotsarsk, 1926-yil gacha — XemBelder) — RFdagi shahar, Tiva Respublikasi poytaxti (1991-yildan). Tuva soyligining sharqiy qismida, Katta Yenisey va Kichik Yenisey daryolarining quyilish joyida. Usa traktining oxirgi punkti. Aholisi 104,1 mingkishi (2002). Qizil 1914-yilda vujudga kelgan. 1921—44 yillarda Tuva Xalq Respublikasi poytaxti. 1944-yilda Tuva (Tiva) Xalq Respublikasi bilan birga SSSR tarkibiga kirgan. 1944-yilgacha shaharda faqat mayda sanoat korxonalari bor edi. Qurilish detallari, tikuvchilik ktlari; avtomobil maxsus jihozlari, koʻn, gʻisht, taxta tilish, pivo va sut zdlari, mebel fkasi ishlab turibdi. Qizil yonida toshkoʻmir qazib olinadi. Til, adabiyot va tarix ilmiy tekshirish instituti, pedagogika inti, musiqali drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Qizilda Osiyoning geografik markazi joylashgan boʻlib, bu nuqtaga obelisk oʻrnatilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые