LETARGIYA

LETARGIYA (yun. lethargia — unutish) — patologik uyqu, odamning uxlayotgandek harakatsiz holati; bunda hayot belgilari nihoyatda susayadi. Ogʻir hollarda nafas susayishi, tomir urishi sezilmasligi, turli taʼsirotlarga reaksiya boʻlmasligi kuzatiladi. Toʻsatdan roʻy berib, bir necha soatdan bir necha kungacha (baʼzan oylab) davom etishi va oʻz-oʻzidan yoʻqolishi mumkin. Letargiyada xotira qisman saqlanadi. Isteriya, kamqonlik umumiy darmonsizlikda, kuchli hayajonlanishdan keyin uchraydi. Letargiya bosh miya poʻstlogʻi va poʻstloq osti tuzilmalarining haddan tashqari tormozlanishi tufayli roʻy beradi. Letargiya hayot uchun xavf tugʻdirmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x