9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan kecha ssenariysi
Mavzu va ularga qisqa tavsif: Oqituvchiga qo’yilgan talab O’quvchilarga va ota-onalarga qo’yilgan talablar
Maqsad va kutilyatgan natijalar:
Ta’limiy maqsad: A.Navoiyning hayoti va ijodi bilan tanishtirish. Asalaridan olingan parchalar ma’nosini tushuntirish. Berilgan rol matnlarini va she’riy misralarni yod olish va ifodali ijro etish.
Farzandlariga rollarni va she’rlarni yodlashda yordam berish. Ifodali she’r o’qish malakasini oshirish. Rivoyatlarda muallif so’zlarini qahramonlar so’zlaridan ajratib olishga o’rgatish
Tarbiyaviy maqsad: Buyuk allomalrga, ularning asarlariga va hayotiga nisbatan qiziqish uyg’otish, ular bilan faxrlanish hissini tarbiyalash Ijro etilgan sahna ko’rinishlardan yod olingan asarlardan odob-axloq, komillik,o’zlikni anglash, vatanparvarlik haqida tushunchalarga ega bo’liish. Alisher Navoiy ijodi va hayotiga nisbatan qiziqishni oshirish. Qo’shimcha ma’lumotlarni izlash orqali ijodiy ishlar tayyorlash
Rivojlantiruvchi maqsad Hazrati Navoiyning hayotida bo’lib o’tgan qiyinchiliklar bilan tanishtirish. Qadimiy joy nomlari bilan tanishtirish. Do’stlik va hiyonat, ko’rolmaslik va bahllik orqali kishilarga zaraz keltirish mumkinligi haqida va yaxshilik, ezgulik, aql-idrok doim g’olb bolishi haqidagi tushunchalarini rivojlantirish. O’quvchilar tadbirdan so’ng o’zlari uchun kerakli xulosani chiqrib olishlari va kelajakda barkamol avlob bo’lib yetishishlari.
1-b Hirot tuprog’ida voyaga yetgan,
“Qush tili” yo’llarin munavvar etgan,
Yillar to’zonidan sog’-omon o’tgan,
Navoiy bobomlar, buyuk odamlar.
2-b Necha yil o’tdi, yoddasiz hamon.
G’azai mulkida, O’zingiz sulton.
Ilm bog’boni, Navoiy bobom,
G’azal sultoni Alisher bobom.
1-b Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar. Bugungi tadbirimiz buyuk bobokalonimiz hazrati Alisher Navoiyga bag’ishlanadi.
Har yili 9-fevral kuni ulug’ bobomizning tug’ilgan kunlari Toshkent shahridagi Milliy bog’ hamda Shayxontohur mavzeidagi xiyobonga o’rnatilgan haykallari poyiga gullar qo’yib, xotiralarini yod etish qat’iy an’anaga aylangan.
2-b Nima uchun shunday ehtirom va e’zoz bildiramiz shoir bobomizga? Asarlarini qayta-qayta nashr etib keng targ’ibot etamiz? Buni asosiy sababi shunda-ki, hazrati Alisher Navoiy bizning Vatanimiz tarixidagi barcha zamonlarda, xoh o’tmish, xoh bugun yo kelgusida bo’lsin, eng ulug’ syimodir. Bu zot millatimizni dunyodagi eng madaniyatli, ma’rifatli xalqlar qatoriga olib chiqqan, jahon adabiyotining eng buyuk siymolari qatorida turadigan zotdirlar.
O’quvchi: Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o’sdi. Olimu fozillar davrasida bo’ldi. 3-4- yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim anvarning bir she’rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Besh yoshida esa uni maktabga berdilar. U bo’lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o’qidi.
Alisherning onasi
Bilmam, qanday ayol bo’lgan Alisherning onasi.
Balki uning aqliga ham lol qolgan zamonasi.
Balki uning ko’zlarida bo’lgan og’ir bir xayol.
Balki g’amgir bir zotdir u, balki sho’xchan bir ayol.
Balki buyuk farzandiga terib kelgan chechaklar.
Balki tunlar unga bedor aytib bergan ertaklar.
Mayliga, u kim bo’lmasin, yolg’iz bir so’z ma’nosi:
Alisherning onasi u, Navoiyning onasi.
BOSH VA QILICH (sahna ko’rinishi)
Muallif: Alisher Navoiy bilan Husayn Boyqaro yoshligidan juda qalin do’st bo’lganlar, maktabda ham birga o’qiganlar. Ularning domlasi g’oyat o’tkir zehnli kishi ekan.
U kishi bir kuni shogirdlarining zehnini, nimaga qiziqishlarini bilmoqchi bo’libdi. Har ikkalasiga bosh va qilich rasmini chizib beribdi-da, sharh yozib kelishni topshiribdi.
Ustoz: – Mana shu rasmlarg’a sharh yozib kelinglar.
Alisher: – So’z gavharig’a erur oncha sharaf,
Kim bo’lsa olmas anga gavhar sadaf.
To’rt sadaf gavharining durji ul,
Yetti falak axtarining burji ul.
Husayn: – Men qilichga hamdu sanolar aytamen, jangu jadallar haqida madhiya kuylaymen.
Ustoz: – Sharhlarni tinglabdi-da, Osmonga qarab, charaqlagan quyoshni Alisherga, qora bulutni esa Husayn Mirzoga ko’rsatib, Alisherga: “Ofarin!”-dedi.
Husayn: -Ustod, meni taqdirlashni unutdingiz chog’i.
Ustoz: Shahzodaga qarab :
– Sizga vodarig’ mukofati yozilgan ekan. Bosh aql ramzi bo’lib, insonlarga hizmat qiladi. Qilich esa aqlga qarshi turib, boshga “vodarig’” kulfatini soladi.
1-b Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir. Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qilolgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak choqqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik “ko’b va xo’b” (Bobur) yozmagan edi.
2-b Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki ular o’zlarini “Xitoydan to Xurusongacha yoyilgan turkiy “qavm”larning shoiri , deb bilardilar. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga katta ta’sir ko’rsatdilar.
DONO “SAVDOGAR” (sahna ko’rinishi)
Muallif: Navoiy otasi vafotidan keyin Samarqandga borib madrasada o’qibdi. Ko’p qiyinchiliklar ko’rib, o’qishni tamomlab, o’z shahriga qaytibdi. Ot-ulovsiz , piyoda yurib, bir joyda mo’ysafid chol bilan uchrashib qolibdi.
Alisher Navoiy o’zini ko’tarib katta qilgan, otasining cho’ponini tanibdi.
Cho’pon: -Tushimmi, o’ngimmi? Deb. Darrov belbog’ini yozib nonu sut bilan mehmon qilibdi.
ALisher: – Bu qo’ylar kimniki?
Cho’pon: – Bolam, bu qo’ylarning hammasi sizniki, u yoqdaligingizda otangizdan qolgan mollar har kimning qo’lida qolib edi. Otangiz hayot vaqtida 200 qo’yni sizga atab menga topshirgan edi. Bu qo’ylar hozir bolalab 700dan oshdi. Otangizni vasiyatini oz o’rniga qo’yganim uchun xursandman, bu qo’ylarni endi sizga topshirdim.
Alisher: – Ota, siz ham bola-chaqali odamsiz, mana bu 200 ta qo’yni xizmat haqingiz uchun oling!
Qolgan qo’ylarni bozorga haydabdi, qo’ylar semiz bo’lgani uchun atrofini xaridorlar o’rab olibdilar.
Odamlar: -Qo’yingiz necha pul?
Alisher: – Men qo’yimni nasiyaga sotaman. Shu shart bilanki, pulini podsho o’lgan kuni berasizlar. Shartimga ko’ngan kishi bittadan yetaklab ketaversin!
Podshoning saroyi.
Ayg’oqchi: -Ey podshohi olam, bugun bozorga bir qalandarsifat yigit kelib 500 qo’yini xalqqa nasiyaga tarqatib yubordi. Pulini podsho o’lgan kuni berasizlar, deb sizga o’lim tiladi.
Podsho gazablanib: – Boringlar, o’sha qalandarni mening huzurimga hozir qilinglar.
Qo’lini orqasiga bog’lab, Alisherni podshoning huzuriga keltiribdilar. Podsho qarasa, yoshligidagi do’sti Alisher Navoiy ekan.
Podsho: – Nima uchun shuncha qo’yni xalqqa berib yubordingiz. Mening o’limim sizga nega kerak bo’lib qoldi,?
Alisher: – Ey do’stim, men chakki ish qilganim yoq. Sizning podsho bo’lganingizni eshitib, qo’ylarni talatib yubordim. Shunday ham berib yuborishim mumkin erdi. Biroq ba’zi bir odamlar tekin moldan hazar qiladilar. Shuning uchun qo’yni pulini podsho o’lgan kuni berasizlar, deb aytdim. Endi qo’ylarni olib ketgan odamlar “ Ishqilib, podshohimiz o’lmasin. Podsho o’lsa, savdogar pulini qistaydi , deb sizga umr tilab yurishadu.
Husayn: – Ofarin do’stim, bugundan e’tiboran siz vazir etib tayinlanasiz !
RAQS
1-b Husayn Boyqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatiga tayanib ish ko’rdi. Buyuk shoir “amiri kabir” ( ulug’ amir), “amirul mugarrab” (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo’ldi. Uning vazirlik yillarida Hirotda obodonlik ishlari avj olgan, madaniyat gullab yashnagan davr bo’ldi.
2-b Ulig’ amir o’zlari bosh bo’lib, suvsiz yerlarga suv chiqardilar, eski ariqlarni tozalattirdilar , yangi kanallar qazdirdilar. Ayniqsa, Husayn Boyqaro hokimiyatini mustahkamlash , yurt osoyishtaligini ta’minlash, temuriyzodalar toj-u taxt uchun olib borayotgan kurashlarning oldini olish borasidagi xixmatlari katta bo’ldi.
Alisher Navoiyning hikmatli so’zlari
Umrni zoye etma, mehnat qil,
Mehnatni saodating kaliti bil.
Donau dur so’zini afsona bil,
So’zni jahon bahrida durdona bil.
Boshni fido qilg’il ato boshig’a,
Jismni qil sadqa ano qoshig’a.
Tun-kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitdi ranj ila,
Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.
Qil yaxshiligu demakni doxil qilma,
Mehnat bila yaxshilikni botil qilma.
Ilm Navoiy , senga maqsud bil,
Emdikim ilm oldi, amal aylagil.