DO`STLARGA ULASHING:
Bilasizmi, qahva turli mamlakatlarda turlicha tayyorlanadi. Marhamat, qahva tayyorlashning 8 noan’anaviy usuli bilan tanishing.
- Portugaliyaliklarni qahvani quyidagicha tayyorlashadi:
50 ml limon sharbati
100 ml qahva
shakar
muz (tabga ko‘ra). Ushbu ichimlikka portugallar “mazagran” deb nom berishgan.
- Germaniyada tayyorlanadigan “eiskaffee” nomli qahvaning tayyorlanishi esa biroz boshqacha.
Ya’ni:
2 osh qoshiq vanilinli muzqaymoq
1 finjon qahva
ko‘pirtirilgan qaymoq (bezatish maqsadida)
qirg‘ichdan o‘tkazilgan qattiq shokolad yordamida tayyorlanadi.
- Vyetnamliklar muzli qahvani maqul ko‘rishadi.
U
2-3 osh qoshiq quyultirilgan sut
120 ml achchiq qahva
muz vositasida tayyorlanadi.
- Gretsiyada tayyorlanadigan “Frappe” nomli qahvaning tayyorlanishi ham o‘zgacha:
200 ml sut
50 gr vanilinli muzqaymoq
1 hissa espresso
muz
barcha masalliqlar blenderda aralashtiriladi
maydalangan qahva sepiladi.
- “Kofe-choy yuanyang” nomli Gonkong qahvasi
3 osh qoshiq quyultirilgan sut
1 hissa qahva
1 hissa qora choy
muz vositasida tayyorlanadi.
- Italiyaliklar tomonidan tayyorlanadigan “Morocchino” qahvasi
juda mazali bo‘lib, u
Finjon tubiga shokolad sharbati
1 hissa espresso
Sutli ko‘pik ustidan
Kakao yoki qirqichdan chiqarilgan qattiq shokolad sepiladi. Qarabsizki ichimlik tayyor!
- Avstriyada qahva
1 hissa espresso
1 ta tuxum sarig‘i
Shakar va sutga
qahva aralashtirish orqali tayyorlanadi.
Xurshida HUSENOVA
soglom.uz/tavsiya/8-turdagi-qahva-tayyorlash/