7 oylik bola parvarishi
✅Yetti oyda bola hayotining 2 yarim yilligi boshlanganidan dalolat beradi. Odatda 7 oyning oxirlariga kelib, bola qandaydir harakat usulini o’rganib olgan bo’ladi (emaklash, siljib yurish, xodunokda yurish). Agar oldin ota-ona bemalolroq bo’lib, stol ustida dori, yoki mayda narsalarni tashlab ketishga qo’rqmagan bo’lsa, endi juda ziyrak bo’lmoqlari talab etiladi. Bolani qo’li endi ko’p joyga yeta oladi.
Bola og’irligi 400-500 grammga va bo’yi 1.5-2 sm ga oshgan. Bosh va ko’krak doirasi ham yarim sm ga ortgan. Bu davrga kelib ko’p bolalarda birinchi tishi chiqqan yoki chiqishni boshlayotgan bo’ladi.
Yetti oyga kelib bola organizmida temir moddasiga ehtiyoj yanada oshadi. Shuning uchun temir moddasiga boy bo’lgan mahsulotlardan qo’shimcha ovqat berishni boshlash tavsiya etiladi. Masalan, glyuteni bo’lmagan kasha (go’sht berish erta).
Qo’shimcha ovqat miqdori ko’payib boradi. Masalan, sharbat va pyure miqdorini 60 grammga yetqazish mumkin. Tvorogni 40 grammga. Yangi mahsulotlar kiritish mumkin. Ularga tuxum sarig’i, bolalar pechenyesi, qotirilgan nonni tavsiya qilish mumkin.
Yangi mahsulotni berishda ehtiyotkorlik talab etiladi.
❓Quyidagi savollarga javob berib, bolaning mushaklari rivojlanganlik darajasini bilib olasiz.
O’zi o’tira oladi.
Qo’li bilan tiranmasdan o’tiradi.
Ikki qo’li bilan oyoqlarini ushlay oladi.
Ushlab tursa, tura oladi.
5 soniya davomida o’zi tura oladi.
Hech narsani ushlamay o’tirgan holatidan tura oladi.
Mebelni ikki qo’llari bilan ushlab har xil tomonga yuradi.
Bir qo’li bilan mebelni ushlab yuradi.
❗️Ushbu savollarga quyidagicha javob berasiz:
Juda yaxshi qiladi — 3 ball
Qila oladi — 2 ball
Yaxshi qaila olmaydi — 1 ball
Umuman qilmaydi — 0 ball
Javoblarga oid ballarni qo’shib chiqasiz.
Natija:
21 balldan yuqori olsa — bola o’z tengdoshlaridan ko’ra tezroq rivojlanmoqda.
15-21 ball oralig’ida olsa — bola normal rivojlanmoqda.
11-14 ball oralig’ida olsa — bolaning rivojlanishi biroz sekinroq kechmoqda.
❓Quyidagi test bolaning aqliy rivojlanish darajasini aniqlab beradi.
O’yinchog’ini ko’zi bilan ko’rsata oladi.
Kitobdagi rasmlarni ko’rishni yaxshi ko’radi.
Musiqa tinglasa badani bilan qimirlaydi.
Katta idish ichidan kichik buyumlarni oladi.
Kattalar tovushini qaytaradi.
O’yinchoq tugmasini bosib tuvush chiqartirishni biladi.
Yaxshi ko’rgan o’yinchog’ini 3-4 daqiqa davomida o’ynaydi.
O’yinchoqni ko’rpa bilan bekitib qo’ysangiz, ko’rpani ochib oyinchog»ini topa oladi.
❗️Ushbu savollarga quyidagicha javob berasiz:
Juda yaxshi qiladi — 3 ball
Qila oladi — 2 ball
Yaxshi qila olmaydi — 1 ball
Umuman qilmaydi — 0 ball
Javoblarga oid ballarni qo’shib chiqasiz.
Natija:
21 balldan yuqori olsa — bola o’z tengdoshlaridan ko’ra tezroq rivojlanmoqda.
15-21 ball oralig’ida olsa — bola normal rivojlanmoqda.
11-14 ball oralig’ida olsa — bolaning rivojlanishi biroz sekinroq kechmoqda.
✅Yetti-to’qqiz oyda bolaga ko’pchilik qo’shimcha ovqatni bera boshlagan yoki davom ettirayotgan bo’ladi. Qanday mahsulotlarni bu davrda berish foydali va mumkin?
— Avokado
— Sabzi
— Kabachok
— Qovoq
— Kartoshka pyuresi
— Kasha
— Pechene
— Nok va olma sharbatlari
✅Qanday ko’rinishda berish mumkin?
Yetti-to’qiiz oylik bolalarning ko’pchiligida faqat oldi tishlari chiqqan bo’ladi. Shuning uchun berilayotgan taom pyure shaklida bo’lishi lozim. Tishi chiqayotgan payti qattiq pechenelarni qo’liga berib qo’yish mumkin. Ko’pchilik butilkani o’zi ushlab choy icha oladi.
✅Yetti-to’qqiz oylik bola uchun taomlar misoli:
1. Sabzavotli pyure: Kartoshka va sabzini qaynagan suvga solib pishirib olamiz (agar imkoniyatingiz bo’lsa qasqonda pishirib olsangiz vitaminlar ko’proq saqlanib qoladi). Pishgandan so’ng yaxshilab ezamiz. Tuz qo’shish kerak emas. Tuz va shakarni qanchalik kech berishni boshlasangiz, bolangiz sog’lig’i uchun shunchalik ko’p foyda bo’ladi. Kartoshka yoki sabzi o’rniga kabachok yoki qovoqni qo’shib berishingiz mumkin.
Manba©
@yosh_onalarga_maslahatlar