DO`STLARGA ULASHING:
5 — Nok tabletka
#5 — Нок таблетка
💊Tasir etuvchi modda :👇
nitroksolin — 50 mg.
💊Dori shakli: tabletka
💊TA’SIR QILISHIGA KO’RA : 👇
Tizimli qo’llash uchun antibakterial vosita.
💊QO’LLANILISHI : 👇
— Asosan siydik chiqarish yo’llarining infeksion yallig’lanish kasalliklarida ( piyelonefrit, sistit, uretrit, epididimit)
— Prostata bezining infeksiyalangan adenomasi yoki karsinomasida.
— Buyrak va siydik chiqarish yo’llarining operatsiyasidan keyingi infeksion asoratlarni oldini olishda.
— Sistitda samarali vosita
— Peshob ajratganda siydik yo’llarining og’riqli va achishish holatlarida qabul qilinadi.
💊QO’LLASH DOZASI 👇
— Ichga qabul qilinadi.Ovqatlanishgacha yoki ovqatdan keyin 1 — 2 soat o’tgach qabul qilgan afzal.
— Kattalar : o’rtacha sutkalik doza 200 mg ( sutkada 1 tabletkadan 4 marta). Zarurati bo’lganda sutkada 2 tabletkadan 4 marta qabul qilish mumkin.
🔰 Yosh bolalarga : 👇
5 yoshdan oshgan bolalarga sutkasiga 1 tabletkadan 2 — 3 marta
💊NOJO’YA TA’SIRI 👇
— ko»ngil aynish , qusish , diareya
— Jigar faoliyatining buzilishi
— Teri toshmalari
— Bosh ogrigi, bosh aylanishi
— Allergik reaksiyalar
— Taxikardiya ( yurak urish soni ko’payishi ) .
💊 QO’LLASH MUMKINMAS HOLATLAR 👇
— Preparatga o’ta yuqori sezuvchanlikda
— Katarakta
— Buyrak yetishmovchiligida
— Jigar yetishmovchiligida
— Xomiladorlik va emizish davrida
— Malabsorbsiyada
💊ADMIN MASLAHATI 👇
💥 5 — nok preparatini qabul qilgandan keyin peshob qizil rangda ajraladi. Bu zararsiz holat. Xavotir olmang.
💥Xalq orasida bu preparatni yana ,, Pyatnok » ham deydi. ( ruscha tarjimada ).
Peshob ajratganda siydik yo’llarining achishishi va og’riqli holatlari da , ya’ni sistitda juda juda zo’r ta’sirga ega.
————————————————-
🔰5 — NOK ANALOGI QAYSI ? 👇
💉Qo’llash — retseptsiz
💉Ishlab chiqaruvchi —Sloveniya
@Farmakologiya_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,,ТАБЛЕТКА » kanali