DO`STLARGA ULASHING:
4G+ internet yoki LTE chastotasi agregatsiyasi nima?
Mobil internet tezligi operatorga ham, abonent qurilmasiga ham bog‘liq. Smartfoningizdagi internet belgisi 4G+ yoki 4.5G bilan ko‘rsatilsa, demak qurilma va operator LTE chastotalarni birlashtirish (agregatsiya) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
4G+texnologiyasining vazifalari nimadan iborat?
4G+texnologiyasi tarmoq kengligi va ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirishga imkon beradi. 4G tarmog‘ini bir polosali yo‘lga qiyoslash mumkin bo‘lsa, 4G+tarmog‘ini ikki-besh polosali magistralga qiyoslash mumkin. 4G+ tarmoq kengligi, operator tarmog‘i holatiga va smartfon imkoniyatlariga bog‘liq.
LTE chastotalarni agregatsiyasi nima?
Chastotalar agregatsiyasi — bu smartfon modemi bir vaqtning o‘zida bir nechta aloqa kanallariga ulanib, ularning o‘tkazuvchanlik imkoniyatini birlashtiradigan aloqa rejimidir. Ma’lumotlar ikki (yoki undan ortiq) liniyalar bo‘yicha parallel ravishda uzatiladi va qabul qilinadi, bu esa LTE orqali internetga ulanish tezligining oshishiga olib keladi.
Muhim jihatlari
Har bir smartfon aloqa moduliga ega, uning texnik xususiyatlaridan biri LTE Cat. Agregatsiya Cat.6 versiyasidan boshlab qo‘llab-quvvatlanadi, maksimal tezlik 300 Mbit/s ga yetishi mumkin. Raqam qancha yuqori bo‘lsa, qurilma shuncha yuqori tezlikni beradi. Masalan, so‘nggi Samsung flagmanlarida (https://t.me/gsmgurus_FAQ/507) tezlik 2 Gbit/s gacha chiqishi mumkin.
Agregatsiyaning afzalliklari aniq: agar bitta chastotada maksimal tezlik 75 Mbit/s bo‘lsa, ikkinchi diapazonni birlashtirganda 150 Mbit/s yoki undan ko‘proq tezlikni olish mumkin.
Lekin ba’zi bir kamchiliklar ham bor: qurilma bir vaqtning o‘zida bir nechta tayanch stansiyalari bilan aloqa o‘rnatishi kerakligi sababli, zaryad tez sarflanadi. Asosan Huawei smartfonlari foydalanuvchilari agregatsiyani sozlamalarda o‘chirib-yoqishlari mumkin.
Smartfon texnik xususiyatlarini ushbu saytdan (www.devicespecifications.com/ru/) tekshirib, LTE Cat 6 (4G+) texnologiyasi qurilmangizda ishlash yoki ishlamasligini bilishingiz mumkin.
O‘zim tekshirgan Samsung S9, Huawei P20 smartfonlari va Ucell, Beeline operatorlarida internet 4G+ tarmog‘ida ishladi (natija rasmda).
Savol: Qaysi smartfon va mobil operatorlarda internet 4G+ yoki 4.5G tarmog‘ida ishlashini bilasiz va tezlikda oddiy 4G dan farq sezganmisiz?
Mavzuga oid kanalimizdagi qo‘shimcha ma’lumotlar:
• Smartfondagi G, E, 3G, H, H+, 4G, 4G+ belgilari nimani anglatadi?
(https://t.me/gsmgurus_FAQ/421)• Mobil internet: 4G har doim ham 3G dan tezroq emas