4-sinf o’quvchilarining bitiruv kechasi senariysi

4-sinf o’quvchilarining bitiruv kechasi senariysi

Oq yo`l tilang bizgalarga, birinchi o`qituvchim
(4sinf o`quvhilarining bitiruv kechasi ssenariysi)
Tadbir maktab sahnasida o`ktaziladi. Unda 4-sinf
o`quvchilri, ularning o`ituvchisi va boshlovchilar
ishtirok etadilar.

Maktab sahnasi o`ziga hos bayramona usulda har
xil sharlar, chiroyli gullar bilan bezzatiladi.
1-boshlovchi: -Assalamu-alaykum, aziz ustozlar,
qadrli o`quvchilar!
2-boshlovchi: -Assalomu –alaykum, mehribon
ota-onalar, sevimli buvi va buvajonlar!
1-boshlovchi: -Mana bugun 4-sinf o`quvchilari
boshlang`ich ta’limni tugatdilar. Bugun ular
uchun katta bayram, katta tantana.
2-boshlovchi: -Ijozatingiz bilan hozir davramizga
tantanamiz sababchilari (musiqa sadolari ostida
o`quvchilar sahnaga chiqadi).
2-boshlovchi:
-Mustaqil yurt o`g`il qizlari,
Yuzi qirmiz, shirin so`zlari,
Aqli rosa bilimga tashna,
Kulib turar charos ko`zlari.
1-boshlovchi:
-Davramizning guli o`zingiz,
Sayroqi, sho`x bulbul so`zingiz,
Charaqlagan oysiz, ham quyosh,
Olqishlaydi sizni keksa yosh
1-boshlovchi:
-Bo`lganmi bizning davrdek hech qachon
davronlar,
Istiqlolim berdi bizga ilm uchun imkonlar.
Ma’naviyat, ma’rifatni ardoqlovchi xush onlar,
Xush kelibsiz, ey aziz, o`qituvchi-yu mehmonlar!
(Inglizcha “Xusgh kelibsiz” qo`shig`i ijro etiladi.
Sahnada tamg`a, bayroq va paxta, big`doy, non
suratini ko`targan o`quvchilar kirib keladi. Va ular
dialog usulini qo`llagan holda jo`r bo`lishib,
o`zlarini tanishtiradilar).
Vatanimiz-Mustaqil O`zbekiston.
Viloyatimiz-Farg`ona.
Tumanimiz-O`zbekiston
Ona qishlog`imiz-Qushqo`noq
Maktabimiz 20-sonli maktab
Davlatimiz ramzlari –tamg`a, bayroq, madhiya.
Tilagimiztinchlik, obodlik.
Rizq-ro`zimiz-non.
Milliy boyligimiz-paxta-bug`doy, sholi.
Istagimiz-ilmu odob o`rganish.
Maqsadimiz-Barkamol inson bo`lib,
vatangaxizmat qilish.
2-boshlovchi:
Bolalar Vatan deganda nimani tushunasiz?
(O`quvchilar birin-ketin javob beradilar).
Vatan bu-tug`ulgan makonim.
Vatan bu-sizu bizga dahldor zamin
Vatan bu-muqaddas beshigim
Vatan bu-ostonayu eshig`im
Vatan bu-onamning tunlar bedor aytgan allasi.
Vatan bu-padarimning qilgan duosi.
2-boshlovchi:
-Vatan har bir insonning,
Tug`ulgan diyoridir.
Kundik qoni to`kilgan,
Muqaddas tuprog`idir,
Vatan so`zi muqaddas
Vatan o`zi muqaddas.
Vatanga xizmat qilmoq,
Bizlar uchun qarzu-farz.
Hamma:
-Senga fido bo`lsin jon-tanim
O`zbekiston, mening Vatanim.
Bayroq ko`targan bola:
-Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi.
Bayrog`imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug` soladi.
Tamg`a ko`targan bola:
-Tamg`amizda buyuklik,
Aks etgandir biling siz,
Humo qushi yetaklar,
Maqsad sari bilingiz.
(Sho`x musiqa yangraydi, o`g`il-qizlar raqsga
tushishadi).
4-o`quvchi:
Nuriya Print computer service
-Maktab degan qutlug` dargoh,
Muqaddasdir bizga har chog`
Bilim sari boshlar yo`lga,
Aziz quchoq, tanish yo`lka
5-o`quvchi:
-Har kun erta tongdan boshlab,
Asta-asta qadam tashlab
Biz u tomon otlanamiz,
Do`stalr birga shodlanamiz.
6-o`quvchi:
-Alifebe va hisob ortda,
Bari qoldi, bari yodda.
Raqam tanish, harflar tanish,
Qo`ldan kelar o`qish, yozish.
7-o`quvchi:
-Hayrlashamiz bu kun siz bilan,
Bizlar uchun quvonchli bu dam.
Faqat qalbda g`ashlik bor bir oz,
O`qitmaysiz endi siz-ustoz.
(“Aziz ustozlar” qo`shig`i ijro etiladi).
8-o`quvchi:
-Salom ustoz, salom muallim,
Bayramingiz bilan qutlaymiz,
Ilm bilan istiqbol yo`lin,
Korsatdingiz, hech unutmaysiz.
Siz emasmu yetti yoshimdan,
“Alifbe”ni tutgan qo`limda.
Siz emasmu silab boshimni,
Cheksiz shodlik slogan ko`nglimda.
Bugun sizga chin yuragimdan,
Mehrim toshib, tabrik bitaman.
Umrim bo`yi men saodat-da,
Vatanimga xizmat etaman.
2-boshlovchi:
-Bizni o`qish-yozishni, hisob-kitobni, mukammal
odobni o`rganishimizda quyidagi ustozlarimizning
o`rni beqiyosdir.
(O`quvchilar ta’lim bergan o`qituvchilarga atab
hurmat ila she’r o`qiydilar):
1-o`quvchi:
Birinchi ustozimga.
-Ilk bora partaga sokin o`tkazib,
Jajji qo`llarimga qalam tutqazib
Menga harf tanitgan qalbi jahonni
Unutmaynam also sizday insonni.
2-o`quvchi:
-Ilmiy bo`lim mudiriga:
Topshiriqning ko`pin bizga yukladingiz,
To`rtinchilar eplaydi deb aytardingiz,
Ishonchingiz oqlaymiz biz o`n birgacha,
Umr tilab sizga, ustoz, ming yilgacha.
3-o`quvchi:
Musiqa o`qituvchimizga:
Musiqa she’ridan bahra olishni
O`rgatdingiz to`g`ri ijro qilishni
Bu kun qoshingizda qilurmiz ta’zim
Qalblarga nur sochgan, aziz muallim.
5-o`quvchi:
Rus tili o`qituvchimizga:
O`rgatdingiz siz qardoshlar tilini,
Mana chiqdi ancha savodim.
Unutmaymiz zahmatlaringiz,
Bizning tilchi ustoz, muallim
6-o`quvchi:
-Tabiatdan saboq bergan o`qituvchimizga.
Rahmat sizga, janajjon ustoz,
Tabiatni sevdirdingiz
Umga mehr qo`ydirdingiz
Angladik biz olam sirlarin,
Tog`lar adrlaru, daryom qirlarni
7-o`quvchi:
Rasm va mehnat o`qituvchimizga:
Quyosh, osmon, zamin, tuproq,
Ranglarin siz tanitdingiz.
Rasm chizsak xatolarin,
Hech og`rinmay o`rgatdingiz
8-o`quvchi:
-Maktabimiz derektoriga:
Mehringiz jo`shqin daryo,
Qalbingiz cheksiz daryo
So`zingiz gavhar a’lo
Sizga ming tahsin, ta’zim,
Aziz inson-muallim.
9-o`quvchi
Ushbu ustozlarimizga doimo qo`limiz ko`simizda,
ta’zim qilamiz(o`quvchilar ta’zim qiladilar)
10-o`quvchi;
-Siz murabbiy inson uchun,
Har bir ilmu urfon uchun.
Rahnomasiz bizlar uchun
Qalbi daryo muallimlar
11.o`quvchi:
-Ko`klar sari parvozimiz,
Dong taratgan ovozimiz.
Siz tufayli qalblar osmon,
Dil guliston muallimlar
(“Ustozlarim, bor bo`ling” qo`shig`i ijro etildi.
Ustozlarga guldastalar taqdim etiladi. Ohista
Nuriya Print computer service
musiqa yangraydi. Boshlovchilar rivoyat
so`zlaydi).
1-boshlovchi:
-Qadim-qadim zamonda bir bog`bon bo`lgan
ekan. U doimo darsxt ko`chatlarini ekib yangiyangi
bog` -bo`stonlar yaratarkan/ Kunlarning
birida uning yoniga bir kishi kelib debdi:
yoshingiz anchaga borib qolibdi, bu nihollar
qachon hosil veradiyu, ularning mevalaridan
qachon barhamand bo`lasiz? Shunda mo`ysafod
degan ekam: men ko`chatlarimni faqat o`zim
uchun ekkanmi yo`q.
Ularning mevasini barcha birdek naham ko`rsin.
Men uchun muhimi o`stirgan daraxtimning keying
avlodlarga naf keltirilishi, foyda berishidir.
Ustozlarimiz ham huddi bog`u chamanzorlar
bunyod etuvchi beminnat bog`bonlarga o`xshaydi.
Hamma:
-Ustozimiz yaratgan bog`idir bizlar,
Vatan suyanchig`i, tog`idir bizlar.
2-boshlovchi:
-Bizlarni kamol topishimizda ota-onalarimizning
o`rni beqiyosdir.
12-o`quvchi:
-Hazrat Navoiydek ulug` zot ham onalarimizga
bo`lgan behad hurmatni quyidagicha tarannum
etganlar:
Onalarning oyog`I ostidadir
Ravzai jannatu jinon bog`i
Ravza bog`I visolin istar esang,
Bo`l onaning oyog`in tufrog`i.
13-o`quvchi:
Vatanni kim yaratgan,
Bilasizmi bolalar?
Kim dunyoni tebratgan
Bilasizmi bolalar?
14-o`quvchi:
Bizga oq sut bergan kim?
Shirin tilni kim bergan ?
Yo`limizda tikanni
Kiprigida kim tergan?
15-o`quvchi:
U tunlar uxlamagan,
Chirog`im-onam mening.
Jannat menga ne kerak
Makkam madinam mening.
(“Omon bo`ling, aziz onalar” qo`shig`ini ijro
etiladi, onalarga gullar tutiladi).
1-boshlovchi:
-Etti yoshda maktabimda,
Quchoq ochdi muallim,
Savod o`rgatgan zotda,
Bugun qilamiz ta’zim.
(So`z navbati sinf o`qituvchisiga beriladi).
O`qituvchi:
— Assalomu –alaykum, hurmatli ustozlar, aziz otaonalar,
mening shirindan shaker o`quvchilarim.
Mana bugun hammamiz uchun hayajonli kun.
Kechagina maktabga qadam qo`ygan bolajonlar
bugun boshlang`ich ta’limni tugatdilar. Men
ziyrak, aqilli, o`ktam o`quvchilarim bilan
faxrlanar ekanman, cheksiz orziqish ila ularga
oydin yo`l tilayman.
O`qituvchi:
Hisob-kitob yozishni,
Ifodali o`qishni
O`rgatib berdim ta’lim,
Oldingiz chuqur bilim.
Goho siylab erkalab,
Gohida sal siltalab
Quchog`imni ochib keng
O`g`lim qizim dedim men
Mustaqil hayot yo`lin,
Mana ilk boshidasiz
Ulg`yib to`rt-besh yilda
Balog`atga yetasiz
So`ng hayot dengiziga
Siz qo`shilib ketasiz
Olgan har ilmingiz har choq,
Sizga qo`l kelsin, deyman
Go`zal hayot yo`lingiz
Charog`on bo`lsin deyman
Hozirdan puxta bo`ling
Oltin biling har damni
Metindek mustahkamlang
Men berolgan bilimni
Bu kun qanot chiqardi,
Jajji polaponlarim
Uchishga shay bo`ldilar
Qizlarim o`g`lonlarim
Yuksak bo`lsin parvozingiz
Zabt eting osmonlarni
Qo`li yetmasin sizga
Qarg`alarni, zog`larni
O`quvchi:
-Ustoz sizga tutay ajib guldasta,
Guldastaki chamanzordan topilmas
To`fonlarda so`lib qolmas birpasda
Bir g`unchaki hazon yopolmas
O`quvchi:
Uni ekdim qalbimning eng to`rida
Nuriya Print computer service
Unga mehr bilan payvand berdingiz
Yetaklabon ilm-fanning yo`lida
Dilga mehr solib qo`ygan edingiz.
(O`quvchilar birinchio`qituvchisiga guldastalar
tutishadi. Shu asnoda “Ustozlar” qo`shig`I ijro
etiladi, qo`shiq raqsga ulanadi).
Tadbir “Yoshlar madhiyasi”ni kuylash bilan
yakunlanadi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x