❓Testning yakuniy javoblari qachon e’lon qilinadi?
✅ JAVOB: Qonunchilikka ko‘ra, eng oxirgi test sinovi o‘tkazilgan kundan 10 kun ichida yakuniy javoblar (ya’ni kim kirgan-kirmagani) e’lon qilinadi. Eng oxirgi test sinovi — koronavirusga chalingani uchun kelmagan yoki test kuni isitmasi baland bo‘lgani sababli dalolatnoma tuzilgan abituriyentlarga o‘tkaziladigan qo‘shimcha test sinovidan boshlab hisoblanadi.
Menimcha, yakuniy javoblar avgust oyining oxirlarida (30-31 avgust) e’lon qilinsa kerak. Umid qilamizki, bundan vaqtliroq javoblar chiqadi. Va yanada kattaroq umid qilamizki, javoblarni sentabrgacha cho‘zishmaydi.
Yakuniy test natijalarini qayerda ko’rish mumkin?
Shuningdek, abituriyentlar https://mandat.dtm.uz saytidan o‘zlarining va raqiblarining to‘plagan ballarini, nechanchi o‘rinda turganini ko‘rib olishlari mumkin.
DTM yakuniy test natijalari haqida ma’lumot
Quyidagi ovozli xabarda Xushnudbek xudoyberdiyev testning yakuniy natijalari va uning qachon e’lon qilinishi mumkinligi haqida ma’lumot berib o’tgan.