1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni uchun bayram ssenariysi

MEHRGA YO‘G‘RILGAN KUN

(4-sinflar uchun bayram ssenariysi)

Tadbir o‘tkaziladigan joy bolalar bahri-dilini ochar darajada go‘zal qilib bezatilgan.

Hammaning o‘qishi uchun tiniq ranglar bilan yozilgan «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni»dan ayrim moddalar devorlarga ilingan. «Toshkent sharlari» mahsulotlari, «Toshshaharnur»ning turli ko‘rinishdagi porloq chiroqlari va rango-rang gullarning did bilan joylashuvi tadbir o‘tkazilayotgan sinf yoki sahnaning ko‘rkiga fayz qo‘shadi. Bolalarga xos quvnoqlik aks ettirib turuvchi kiyimlar va unga muqobil soch  turmaklari bilan sahnaga ikki boshlovchi (yuqori sinf o‘quvchilaridan bo‘lsa, yana ham yaxshi)

yuzlarida tabassum balqib chiqib kelishadi.

1-boshlovchi:

– Ajib bir tong otdi, yana elimda,

Osmonni to‘ldirib qushlar navosi.

Saharda uyg‘onib, uni olqishlang,

Buncha orombaxshdir tongning havosi.

2-boshlovchi:

– Ajib bir tong otdi, yana elimda

G‘unchalar sevinchdan ko‘zlarin ochdi.

Diyorim go‘zaldir, unga parvona

Saxiy quyosh zarrin nurlarin sochdi.

1-boshlovchi: – Assalomu alaykum, aziz odamlar! Bu kun bizga atalgan kun, barcha-barchaning diqqat-e’tibori bizga qaratilgan kun.

2-boshlovchi: – Shu bois, biz davrani ochib berdik, endigi so‘z navbati ustozlarimizga.

Ustoz: – Shu davrada o‘tirganlarning barcha-barchasiga maktabdagi ja’miki bolalarimiz nomidan alangali salomlar bo‘lsin! Darhaqiqat, bugun mehrmuruvvatga yo‘g‘rilgan olam-olam e’tiborimiz shu qorako‘z bolajonlarimiz uchun.

Bolalar! Siz mening qaynoq yuragim,

Kamolingiz ko‘rish – ezgu tilagim.

Yashnagan ozodu obod Vatanda,

Ishochli posbonim, tolmas bilagim.

Bolalik beg‘ubor, bokira, toza,

Bolalik davrining o‘zi mo‘’jiza.

Gullarning yuzida shudring misoli

Òip-tiniq, musaffo hamda pokiza!

Shu aziz damlarning qadriga yeting,

Sayyoralar uzra parvozlar eting.

Oltin davringizga qo‘nmasin g‘ubor,

O‘zbegim bayrog‘in Marsgacha elting!

«Lazgi» kuyi balandlab, sho‘x qizlar raqsga tushadilar.

1-boshlovchi: – Endi men so‘zni mamnuniyat bilan «Ona tili» va «O‘qish» fanlari o‘qituvchisiga beraman.

Ustoz:– Bugun chindan ham o‘zgacha kun. Barcha bayramlarga-da o‘xshamagan kun. Bolalik olamining keng quloch yoygan kuni. Ular huquqlari haqida yana va yana eslatib o‘tiladigan kun. Chunki mamlakatimizda bolalarni himoya qilish, ularni har tomonlama yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalash uchun barcha sharoit yaratilgan. Va bu masala davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilgan hamda u o‘zining ilk mustaqillik yillaridanoq bolalar huquqlarini belgilovchi  mukammal qonunchilik asoslarini ham yaratgan. Ilk ta’sis etilgan ordenning «Sog‘lom avlod

uchun» deb atalishida ham ana shunday maqsadlar mushtarak.

Bolalik – sehrdir, zangori fasl,

Vatanning ertasi, tamal toshlari.

Saodat nuridan kuch olgan nasl,

Yurtimning tuganmas sarchashmalari.

Bobolar shon topib, ardoqlagan his,

Ularning ko‘nglida qayta uyg‘onish.

Birisining ismi balki Òo‘maris,

Birisi ulg‘ayib, bo‘lar Alpomish!

Aylanay beg‘ubor kulishlaringdan,

Sizga hamroh bo‘lsin ezgulik, safo.

Ko‘zlar quvonadi turishlaringdan

Sizni panohida asrasin Xudo!

Magnitofondan «Andijonchasiga» qo‘shig‘i (O.Nazarbekov) yangraydi.

Raqsida boshlang‘ich sinf o‘g‘il-qizlari.

2-boshlovchi: – Maktabimizning «Huquq» fanidan saboq beruvchi muhtaram muallimamiz o‘z so‘zlarini aytmoqchilar, marhamat ustoz.

Ustoz: – Aziz bolajonlar! Hozirgina ta’kidlab o‘tilganidek, O‘zbekistonimizda mustaqillik e’lon qilingan dastlabki kunlardanoq davlatimiz tomonidan bolalarni har tomonlama himoya qilish,

ularni komil inson etib tarbiyalash masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilandi. 1992 yilda O‘zbekiston «Bola huquqlari to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiya»ni ratifikatsiya qildi va bu Konvensiyaning amalga oshirilishi ustidan monitoring tizimi yaratildi. Xo‘sh, «Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya»ning o‘zi nima? Bu – bolalar huquqi to‘g‘risidagi xalqaro huquq

normalari kuchiga ega bo‘lgan hamda maqsadi kelajakka qaratilgan hujjat bo‘lib, u Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMÒ) Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda bir ovozdan qabul qilingan. Bu hujjat dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega.

Unga ko‘ra, bola o‘z kamolotida o‘zi faol ishtirok etishi, o‘zining axloqiy, aqliy, ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun tibbiy yordamga ega bo‘lishi, ovqatlanishi, kiyinishi, turar-joy xususidagiminimal normalar bilan ta’minlanishi, o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega bo‘lishishart. Chunki bunday huquq uning  hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini ta’minlaydi. Bolalarni kamsitmaslik – Konvensiyaning muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Unga ko‘ra, bolalar etnik hamda ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, irqi, jinsi, tili, dini, sog‘lig‘ining ahvoli yoki boshqa holatlardan qat’iy nazar, o‘z huquqlaridan to‘la

foydalanishi kerak. Biz, o‘zbeklar bolajon xalqmiz. Bu ham bolalarga bo‘lgan doimiy e‘tiborimizdan dalolat. Quvnoq qizchalarning sho‘x-shodon qiyqiriqlari bilan boshlanadigan laparlar tadbir ishtirokchilari yuziga tabassum hadya etadi.

1-boshlovchi: – Ha, darvoqe, ustozlarimiz aytganidek, bizning himoyamiz, biz haqimizda qayg‘urish chindan ham Yurtboshimiz rahnamoligida davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Qarang, oynai jahon – televideniye ko‘rsatuvlari ham har oqshom o‘z namoyishlarini bizbolalarga atalgan turli xil ko‘rsatuvlar bilanboshlaydi.

2-boshlovchi: – «Bolalar dunyosi»,«Davrning bolasi», «Bolalik orzusi», «O‘yla, izla, top», «Kitob-oftob», «Bolalar tabassumi», «Quvnoq do‘mboqchalar», «Yoshlar salomi», «Kelajak ovozi», «Yangi avlod», «Barkamol avlod», «Qizg‘aldoq», «Yoshlar maydoni», «Kelajak tongi» kabi eshittirish va ko‘rsatuvlar bizlarning hayotimiz, o‘qishimiz, intilishlarimiz, iste’dod qirralarimiz haqida hikoya qiladi.

1-boshlovchi: – Gazeta-jurnallarni varaqlang-chi, ularning biror soni yo‘qki, bizlarga atalgan sahifa bo‘lmasin. Sarlavhalarini aytmaysizmi, bizga bunday maqtovlar juda yoqadi: «Har bir bolae’tiborda», «Iqtidorli yoshlar mahorati»,  «Bolalarda ijodkorlik tuyg‘usi», «Kelajak

tayanchi – yoshlar!» va hokazolar.

2-boshlovchi:– Chindan ham bizning kamolotimiz yo‘lida g‘amxo‘rlik qilish davlatimizning muqaddas burchiga aylangan ekan, mustaqil yurtimizning ilk ordeni «Sog‘lom avlod uchun» deb  talishi ham bejiz emas. «Sog‘lom avlod, deganda biz faqatgina jismonan baquvvat farzandlarimiznigina emas, balki ma’naviy boy avlodni ham nazarda tutganmiz. Chunki har taraflama sog‘lom avlodga ega xalqni hech kim, hech qachon yenga olmaydi».Prezidentimizning

aytgan bu so‘zlarining qanchalar hayotiy ekanligi biz — bolalarning istiqlol g‘oyalariga sodiq, mard va jasur, intellektual salohiyati yuksak avlod bo‘lib voyaga yetishimizda o‘z aksini  topmoqda.Bolalikni tarannum etuvchi she’rlar, hajviy qo‘shiqlar yangraydi. Ikki boshlovchi

chiqib, yurtimizda o‘sib kelayotgan avlodning iste’dod qirralari, qobiliyati, iqtidorini namoyon etishi uchun zarursharoitlarning yaratilishi o‘z samarasini berayotgani xususida gapirib, sahnaga

3-4 o‘quvchini taklif etishadi.

1-o‘quvchi: – Respublika nomini dunyoga tanitadigan kuchlardan eng birinchisi, bu – sport. Sport musobaqalari orasida eng nufuzlisi, bu – Olimpiada o‘yinlari. Mana, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda uch bosqichli tizim «Umid nihollari», «Barkamol avlod»,

«Universiada» sport o‘yinlarining yo‘lga qo‘yilishi hayajonli onlarni dildan his qilish imkonini berdi, katta sport sari ishonchli yo‘llanmaga aylandi.

2-o‘quvchi: – Toshkentdagi Uspenskiy nomli musiqa maktabini butun dunyo biladi. Buning sababi, hech shubhasiz, ularning mahoratli, iqtidorli, jajji sozandalari, biz – o‘quvchilar sabab. Har yili bir necha o‘nlab o‘quvchilar xalqaro tanlov g‘oliblari bo‘lishadi. Ular o‘z ijrolari bilan Gretsiya, Italiya, Ispaniya, AQSH, Rossiya, Germaniya, Ruminiya, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nozik didli musiqasevarlarini lol qoldirishadi, tinglovchilar olqishlariga sazovor bo‘lishadi.

Magnitofondan O.Nazarbekovning «Mening onam yo‘q» qo‘shig‘i eshittiriladi, davraga 3-4 go‘yoki «yetim bolalar» chiqib, o‘zlarining dil kechinmalari, yurak iztiroblarini, qo‘shiqqa mos turli harakatlar bilan ifodalaydilar. Birin-ketin she’rlar o‘qiydilar.

1-o‘quvchi:

– Onajon!

Sizni juda sog‘inaman,

Òushda ko‘rib ovunaman,

Yo‘lingizga sig‘inaman,

Jonim onam, kela qoling,

Mehribonim bo‘la qoling.

2-o‘quvchi:

– Ko‘z yoshlarim haqqi, ayting,

Bolangizman, keling, ayting,

Meni olib, uyga qayting,

Jonim onam, kela qoling,

Mehribonim bo‘la qoling.

3-o‘quvchi:

– Sizni o‘ylab, erinmayman,

Yuragimga yelimlayman,

Soz davrada ko‘rinmayman,

Bor bo‘lsangiz, kela qoling

Bolamsan, deb ayta qoling.

(Mahfuza Zayniddinova)

1-boshlovchi: – Bu kabi mungli qalb o‘ksiklarini aritish uchun yana davlatimiz bag‘rini keng ochdi. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan ko‘plab «Mehribonlik uylari» qanchadan-qancha qalbi yara bolajonlarga malham bo‘lmoqda. Nogiron va yetim bolalar, kam ta’minlangan

oilalarning bolalari davlat tomonidan himoya etilmoqda.

«Rahmat, Islom bobo» qo‘shig‘i ijro etiladi.

Qo‘shiq musiqasi fonida boshlovchilar bolalar qo‘liga guldastalar tutqazadilar va tadbirga yakun yasaydilar

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x