📍Ramazonda to‘g‘ri tanovul qilishni o‘rganamiz
🟣 Kunlik suv iste’moli inson uchun 2 litrni tashkil qiladi. Iftorlikdan saharlikkacha shu suvni ichishga intiling. Iftorlikda bir piyola suvga asal qo‘shib iste’mol qiling.
🔴 Saharlik paytida gazli ichimliklar, konserva, qattiq qovurilgan taomlarni tanovul qilmaslik, achchiq va sho‘r mahsulotlar hamda xonim kabi xamirli taomlarni cheklashga intilganingiz ma’qul.
🟡 Saharlik dasturxoni oqsil va uglevodlarga boy taomlardan iborat bo‘lishi kerak. Ma’lumki, go‘sht mahsulotlari 16 soat davomida hazm bo‘ladi.
🔵 Qaynatilgan tuxum va sut mahsulotlari qorinni to‘q tutish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham ayrim insonlar saharlikda qaymoq yeyishni afzal bilishadi.
🟢 Xurmo tanovuli esa organizmga quvvat bag‘ishlaydi, sababi bu meva tarkibida uglevod, kletchatkalar, kaliy va magniy moddalari bisyor.
✍🏼 Shifokor Zuhriddin Bahriddinov: