‼️‼️ℎ ℎ ’ ℎ ℎ ℎ ‼️‼️
Ich qotishining asosiy sabablari
• Onaning noto‘g‘ri ovqatlanishi;
• Sun’iy ovqatlanishga erta o‘tish;
• Oziqa turning aralashishi.
Ba’zida chaqaloqlarda ich qotishi sun’iy ovqat tarkibidagi moddalarni bola organizmi ko‘tara olmasligi sababli ham yuzaga keladi. Bolalarning psixo-emotsional holati ham ichaklar funksiyasiga ta’sir etadi.
Chaqaloqning aralash ovqatlantirilganligi sababli kelib chiqadigan ich qotish
Chaqaloqlar 1 yoshgacha ona suti bilan oziqlantirilishlari kerak. Shu sababli oziqaviy mahsulotlar aralashtirilgani uchun chaqaloqlarda ich qotish ko‘p kuzatiladi.‼️‼️
Bolani sun’iy oziqlantirishga o‘tishiga ko‘p hollarda ona suti yetishmasligi yoki sutning sifatsizligi sabab bo‘ladi. Ba’zida chaqaloqlar ona sutiga to‘ymay qolishadi, chunki ona suti tarkibida yetarlicha yog‘ bo‘lmaydi. Bunday hollarda bolalar injiq, yig‘loqi, uyqusi buziladigan bo‘lib qolishadi.‼️‼️‼️
Ozuqaning aralashishi natijasida bolada ich qotishiga sabab – sun’iy ovqatning o‘zidir. Bu kabi mahsulotlar bola uchun noodatiy bo‘lib, hazm qilish a’zolari uni qiyinchilik bilan qabul qiladi‼️‼️‼️‼️
Ayrim hollarda, yangi mahsulotlar berish hisobiga bolalarda reflektor ravishda ichaklar spazmga uchrab qoladi va bu bolada ich qotishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, chaqaloqlar ichi qotib qolishida ovqat harorati ham muhim o‘rin egallaydi. Bola iste’mol qiladigan ozuqa issiq ham sovuq ham bo‘lmasligi zarur. Eng yaxshisi ko‘krak suti kabi haroratda beriladigan ozuqalardir. Bu esa ich kelishi bilan yuzaga chiqadigan muammolardan xalos etadi.
Manba©
@yosh_onalarga_maslahatlar