Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Agar muvaffaqiyatsiz boʻlishni istasang, hamma insonlarni rozi qilishga urin!
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Hamma bilan kamtarlik ila muomala qilaver. Chunki inson tabiati magʻrur va oʻzini katta oluvchilarni yoqtirmaydi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Kamsitilgan, ranjigan xalqning axloqi yomonlashadi.
Ibn Xaldun rahimahulloh
*****
Yoʻqligingda seni himoya qiladigan narsalarning afzali – xulqlaringdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Shunday shaxslar borki, sendan oladigan foydalari tugasa, xabarlari ham, doʻstliklari ham tugaydi.
“Fikr durdonalari”
*****
Ikki narsa sening haqiqatingni belgilaydi:
- Hech narsaga ega boʻlmagan paytingdagi sabring;
- Hamma narsaga ega boʻlgan paytingdagi tasarrufing.
“Fikr durdonalari”
*****
Bola otasidan soʻrabdi: “Otajon, “erkak” nima degani?” “Erkak degani kuchli, farzandlari oldidagi masʼuliyatni his qiladigan, ularning ishlariga eʼtibor beradigan hamda ularning rohatda yashashi uchun oʻzi bedor boʻladigan insondir” deb javob beribdi otasi. Shunda bolakay: “U holda men ham onamga oʻxshagan “erkak” boʻlishni orzu qilaman” debdi.
“Fikr durdonalari”
*****
Ikki kishi sening har bir ishlaringga koʻproq eʼtibor berishadi:
- Seni qattiq sevadigan;
- Senga qattiq hasad qiladigan.
“Fikr durdonalari”
*****
Quvvat – ogʻriqlaringni oyogʻing ostiga tashlab, sening yiqilishingni poylab turganlar oldidan tabassum bilan oʻtib ketishingdir.
“Fikr durdonalari”
*****
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/yoqligingda-seni-himoya-qiladigan-narsalarning-afzali-xulqlaringdir/