Yoʻlim boshqa

Bolarining koʻnglin koʻring – gul tanlaydi,

Koʻkragimda qizil gul bor – gulim boshqa.

Koʻz yoshi ham yuzga tushsa yoʻl tanlaydi,

Hamma boshqa yoʻlda, mening yoʻlim boshqa.

 

Sizlar uchun unutilgan eski tushman,

Daftarlarda ismim uzra chiziq tushgan.

Aqligamas, savqiga boʻysungan qushman,

Koʻzlagan manzilim boshqa, elim boshqa.

 

Qulogʻimdan yurakka bir sas oʻtadi,

Shitir-shitir xazon ila xas oʻtadi,

Hayot qanday yashamoqdan dars oʻtadi,

Ammo hayot boshqa ekan, ilm boshqa.

 

Bahorgi soy kabi joʻshib, toʻlib olsam,

Guldurakdek samolarda kulib olsam,

Bir munosib ajal topib, oʻlib olsam,

Keyin meni yoʻqlamasa oʻlim boshqa.

 

1998

 

Iqbol Mirzo

https://saviya.uz/ijod/nazm/yolim-boshqa/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x