Yaxshiligʻ

Kim koʻrubtur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ,

Kimki ondin yaxshi yoʻq, koʻz tutma ondin yaxshiligʻ.

 

Bu zamonni nafʼy qilsam, ayb qilma, ey rafiq,

Koʻrmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshiligʻ.

 

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun koʻngluma,

Kelmadi jonimgʻa hech oromi jondin yaxshiligʻ.

 

Ey koʻngul, chun yaxshidin koʻrdung yomonligʻ asru koʻp,

Emdi koʻz tutmoq ne, yaʼni har yomondin yaxshiligʻ.

 

Bori elga yaxshiligʻ qilgʻilki, mundin yaxshi yoʻq

Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiligʻ.

 

Yaxshiligʻ ahli jahonda istama Bobur kibi,

Kim koʻrubtur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ.

 

Zahiriddin Muhammad Bobur.

https://saviya.uz/ijod/nazm/yaxshilig/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x