URUGʻLANISH

URUGʻLANISH, singamiya — erkaklik jinsiy hujayra (urugʻ hujayra, spermatozoid, spermiy)ning urgʻochi (tuxum) hujayra bilan qoʻshilib, zigota hosil qilishi. Zigotadan yangi organizm rivojlana boshlaydi.

Odam va hayvonlarda Urugʻlanishdan oldin otalanish (urugʻ hujayraning urgʻochi hujayra jinsiy yoʻliga tushishi) sodir boʻladi. Urugʻlanishda tuxum xujayra faollashadi, yaʼni tuxum va urugʻ hujayra xromosomalari gaploid toʻplami qoʻshilib, xromosomalar diploid toʻplami hosil boʻladi. Koʻpchlik hayvonlarda Urugʻlanish bilan birga rivojlanadigan organizm jinsi ham anikdanadi. Ota va ona allellarining qoʻshilishi tufayli irsiy omillarning yangi kombinatsiyasi vujudga keladi. Urugʻlanish tufayli tabiiy tanlanish va tur evolyutsiyasi uchun material boʻladigan genetik xilmaxillik kelib chiqadi. Urugʻlanish natijasida tuxumhujayra faollashib, boʻlinish jarayoni (blastomerizatsiya) boshlanadi.

Hayvonlarda Urugʻlanishning ikki shakli maʼlum; monospermiyada tuxumhujayraga faqat bitta urugʻ hujayra kirgandan soʻng, boshqa urugʻ hujayralarning kirishi blokada qilinadi. Blokada qilinish mexanizmi tuxumhujayra sirtiga va uning poʻstiga kortikal tanachalarning suyuqlik ajratishi, tuxum plazmolemmasida roʻy beradigan qandaydir oʻzgarishlar bilan yuzaga kelishi mumkin. Monospermiya barcha tashqi Urugʻlanish va koʻpchilik ichki Urugʻlanish xususiyatiga ega boʻlgan hayvonlar uchun xos; polispermiya da tuxumhujayraga bir necha (bir necha oʻnta) spermatazoid kiradi; biroq bunday hollarda ham urgʻochi pronukleus b-n faqat bitta urugʻ hujayra qoʻshiladi. Urugʻlanishning bu xili ichki urugʻlanadigan ayrim guruh hayvonlar uchun xos boʻlib, evolyutsiya davomida ikkilamchi marta kelib chiqqan. Urugʻlanishning har xil shakllarida gametalarning oʻzaro yaqinlashuvi va qoʻshilishi, asosan, bir xil kechadi. Ayrim hayvonlar tuxumhujayrasi poʻstida spermatozoid kirishi uchun teshikcha— mikropile boʻladi. Koʻpchilik hayvonlar tuxumhujayrasida mikropile boʻlmaydi. Spermatozoid tuxumhujayraga akrosoma (spermatozoid ichki qismida joylashgan perforator organ) yordamida kirib oladi. Spermatozoid tuxumxujayraga yakinlashganida akrosomadan ajraladigan fermentlar xujayra poʻstini yumshatadi. Spermatozoid akrosomasi yoki uning boshchasi tuxum poʻsti orqali oʻtadi va ikkala gametalar plazmolemmasi koʻshilib, yagona hujayra — zigota hosil boʻladi.

Odam va sut emizuvchilarning ovulyatsiyadan oʻtgan tuxumhujayrasi bir necha qavat follikulyar hujayralar bilan oʻralgan. Akrosoma fermenti gialuronidaza follikulyar hujayralarni bogʻlab turadigan shilimshiq moddani yemirib, spermatozoidlarga yoʻl ochib beradi. Gametalar plazmolemasining qoʻshilishi tuxum hujayraning faollashuviga olib keladi. Spermatozoid, odatda, tuxum hujayra sitoplazmasiga toʻliq oʻtadi; baʼzan uning bosh qismi oʻtib, tashqarida qolgan xivchini tushib ketadi. Spermatozoid sentrosomasi atrofida paydo boʻlgan nurlar «urugʻ yulduzi» deyiladi. Urugʻ yulduzi ikkiga boʻlinadi va birinchi boʻlinish (maydalanish) boʻlinish dukining shakllanishida ishtirok etadi. Spermatozoid yadrosi urugʻ yulduzi bilan birga tuxum sitoplazmasida harakatlanib, astasekin pufaksimon erkak pronukleusga aylanadi; uning xromatini yoziladi; yadro membranasi mayda pufakchalarga parchalanadi; pronukleus membranasi qaytadan shakllanadi. Bunday oʻzgarishlar tuxum hujayraning yetilib, urgʻochi pronukleus shakllanishi bilan birga boradi. Urgʻochi pronukleus ham tuxumning yuza qismidan uning markaziga koʻchadi. Tuxum hujayrada ikkala pronukleus hujayra markazida (sariqlik sitoplazmada bir tekis tarqalganida) yoki ooplazmaning sariqlik kam boʻlgan qismida birbiriga duch kelib, qoʻshilishadi. Ayrim hayvonlarda ikkala pronukleus oʻzaro qoʻshilib (kariogamiya), yaxlit yadro sinkarion hosil kiladi. Lekin, odatda, ular tuxum boʻlinishi boshlanib, hujayra poʻsti yemirilguncha alohida turadi. Pronukleuslar qoʻshilishi bilan ota va ona gametalarning xromosomalari birinchi boʻlinish — maydalanish dukiga birlashadi. Otaona genlarining birlashuvi bilan Urugʻlanish jarayoni qiyomiga yetadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x