TOʻMARIS

TOʻMARIS (mil. av. 6-a.) — Turon xalqlarining axomaniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qad. yunon tarixchisi Gerodoshnpng «Tarix» (mil. av. 5-a.) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530-y. da Turonga bostirib kirganida, Toʻmaris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. Toʻmaris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.

Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bn massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda Toʻmarisning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bn Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, ornomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. Toʻmaris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafeilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: «Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻklari tugagach, ular nayza va qilich bn kurashdilar. Jang uzok, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 y. shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (T.)ning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan».

Toʻmarisning jasorati va harbiysiyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib olgan «Oysuluv» dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida Toʻmaris faoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim «Toʻmaris» qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi. Ibrohim Yusupov «Toʻmaris» (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida «Toʻmaris oʻyinlari» festivali oʻtkazilmoqda.

Ad.: Gerodot, Istoriya (v devyati knigax), L., 1972; Oʻzbekiston tarixi — davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1qism, Toʻmaris, 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x