Toshpoʻlat Hamid haqida ma’lumot

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Toshpoʻlat Hamid hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Toshpoʻlat Hamid 1927 yilning 12 dekabrida Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanining Boʻston qishlogʻida tugʻildi. Buxoro Davlat pedagogika instituti (hozirgi BuxDU)da, Moskvadagi Oliy adabiyot kursida (1960–1962) tahsil oldi.
Buxoro Davlat pedagogika instituti oʻzbek adabiyoti kafedrasi mudiri, “Buxoro haqiqati” viloyat gazetasi boʻlim boshligʻi, bosh muharrir oʻrinbosari va bosh muharriri (1970–1979) lavozimlarida xizmat qildi.
Toshpoʻlat Hamidning “Quyosh shaʼniga”(1960), “Mening asrim” (1965), “Asrorqulning qoʻchqori” (1969), “Binafsha ufqlar” (1973), “Gumbazlar sadosi” (1974), “Boʻston navolari” (1979), “Quvgʻin” (1981), “Togʻlarga boq, togʻlarga” (1982) va rus tilida “Lastochka” (1969), “Volshebniʼy barashek” (1974), “Zolotiʼe vorota” (1975), “Rodina aistov” (1982), “Yurtim gullari”, “Manzil” (vafotidan keyin) kabi sheʼr va dostonlar toʻplamlari nashr etildi. Tarjimon sifatida esa Stepan Shchipachev, Sergey Orlov, Zubayda Abduqodirova, Fayzulla Ansoriy, Gulchehra Sulaymonova singari turli millatga mansub shoirlar asarlarini ona tilimizga oʻgirdi. “Asqad Muxtorning poetik mahorati” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi (1978).
Toshpoʻlat Hamid oʻtgan asrning 50-60-yillarida oʻzi rahbarlik qilgan Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati boʻlimi huzurida “Nilufar” adabiy toʻgaragini tashkil etib, bir necha yillar unga rahbarlik qildi.
Toshpoʻlat Hamid Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1977) unvoni bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x