SUGʻORISH REJIMI

SUGʻORISH REJIMI — almashlab eyuish tarkibidagi ekinlarga suv berish normasi, muddati va sonini optimal uygʻunlashtirish; muayyan sharoitlarda ekinlardan eng yuqori hosil olishni taʼminlaydi. Sugʻorish Rejimini belgilash uchun turli qishloq xoʻjaligi. ekinlarini yetishtirishda zarur boʻlgan suvning umumiy sarfi (suv isteʼmoli mikdori) ularni parvarish qilishning ayrim bosqichlariga nisbatan aniqlanadi.

Vegetatsiya davomida suv berish muddatlari oʻstirilayotgan ekinlarning biologik xususiyatlari, obhavo sharoitlari, sugʻoriladigan yerlarning tuproqgrunt va gidrogeologik xususiyatlariga bogʻliq. Toʻgʻri tashkil etilgan Sr. sugʻoriladigan yerlarda ekinlardan yuqori va barqaror hosil olishni, yer va suvdan samarali foydalanishni taʼminlaydi. Sr. suv berish usuli va tartibini xisobga olib belgilanadi.

Ikki suv berish oraligʻida tuproq nami maʼlum chegarada oʻzgaradi. Uning yuqori chegarasi krndirib suv berilgan va bugʻlanishdan qimoya qilingan tuproq namligi — toʻliq dala nam sigʻimi hisoblanadi. Toʻliq dala nam sigʻimi aksariyat tuproq massasi yoki hajmining 15—36% ini tashkil qiladi. Namlikning quyi chegarasi suvtalablik (suv berish oldi) namligi deyiladi. Uning miqdori toʻla dala nam sigʻimining 55 dan 85% iga teng boʻlishi mumkin. Bunday namlikda navbatdagi suv berishni kechiktirish ekin hosilini kamaytirib yuboradi. Suv berish navbatlari oʻsimlik tuproqdagi namga juda talabchan, gʻoyat suvtalab boʻladigan davrda suv bilan taʼminlashni moʻljallab belgilanadi. Gʻalla ekinlarda nay oʻrash — boshoq chikarish; gʻoʻzada shonalash — gullash — koʻsak tugish — koʻsakning yetilishi; kungaboqarda savatcha chiqarish — gullash; kartoshkada gʻunchalash — yalpi tuganak tugish fazalari gʻoyat suvtalablik davri hisoblanadi.

Pomidor, baklajon, shirin garmdori kabi ekinlar yalpi barg chiqarish davrida moʻtadil namlik rejimini, mevalari pishish davrida yuqori namlik rejimini talab qiladi, hosilni terish davrida suv berish toʻxtatiladi. 1 ga yerdagi ekinga bir marta berish uchun zarur boʻlgan suv mikdori suv berish n o r m a s i deyiladi. Hamma suv berish yigʻindisi esa sugʻorish normasini tashkil qiladi, suv berish oralaridagi davrlar yigʻindisi esa sugʻorish mavsumi deb yuritiladi. Sr., shuningdek, chizmataxlil usullar bilan ham aniklanadi (q. Gidromodul, Gidromodul boʻyicha rayonlashtirish).

Ad.: Ahmedov X. A., Sugʻorish melioratsiyasi, T., 1977; Raschyotnыy rejim orosheniya selskoxozyaystvennыx kultur v basseynax rek Sыrdari i Amudari, T., 1967; Avliyakul o v A. E., Orosheniye kultur xlopkovogo sevooborota, T., 1988.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x