“Toshkent oqshomi”da adabiyot va sanʼat boʻlimini isteʼdodli adib Oʻtkir Hoshimov boshqarardi. U paytda havaskorlar ijodi chop etiladigan nashrlar koʻp emasdi. Odatda ijodkorlar oʻz yozgan narsalarini eng ommabop nashr boʻlgan “Oqshom” ga olib kelishardi. Bir kuni yozuvchi huzuriga bir-ikkita oʻrtamiyona shoir oʻz asarlariga Abdulla Oripovdan soʻzboshi, “Oq yoʻl” yozdirib kelishdi. Oʻtkir Hoshimov ularni olib qoldi va oʻqib koʻrgach, ajablangan holda Abdulla Oripovga telefon qildi. Ular tengqur boʻlganlari uchun bir-birlariga hazillashib, “boʻtam” deb murojaat qilishardi.
– Nima qilyapsan, boʻtam, boʻlar-boʻlmas narsalarga soʻzboshi yozaverasanmi?
– Qoʻyaver, boʻtam, men yozgan “Oq yoʻl” bilan shoir boʻlishsa, boʻla qolishsin, – dedi Abdulla Oripov tabassum bilan.
Nosir MUHAMMAD
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/shoir-bola-qolsin/