SEMURGʻ — sharq xalqlari ogʻzaki poetik ijodidagi afsonaviy qush obrazi; osmonda uchish, uzoq manzilni yaqin qilish haqidagi asriy orzuumidlarning ramziy ifodasi. Dastlab Eron mifologiyasida paydo boʻlgan. «Avesto»dasenemurg shaklida ishlatilgan. Semurgʻ oʻzbek xalq ertak va afsonalarida ijobiy qahramonning doʻsti, himoyachisi, hamrohi, uni «yetti zulmat ichi»dan olib chiquvchi fantastik qush sifatida gavdalanadi. Turkiy xalqlarda Semurgʻning Humo, Anqo, Davlat qushi, Vaxt qushi, Marqumomo, Kuntubulgʻon, Bulbuligoʻyo va b. variantlari bor. S. obrazi «Qahramon», «Oynai jahonnamo», «Rustam», «Kenja botir» kabi ertaklarda keng tasvirlangan. Bu obraz yozma adabiyotda ham uchraydi (mas, Navoiyning «Lison uttayr» asari va b.). S haqidagi afsonalar asosida Hamid Olimjon «Parizod va Bunyod» asarini yozgan. Ularda afsonaviy obraz shartli vosita sifatida mualliflarga qad. oʻtmishdagi real voqelik haqida fikr yuritish imkonini beradi. Oʻzbekfilm kinostudiyasi «Semurgʻ» filmini yaratgan (1974). Semurgʻning Humo varianti Oʻzbekiston Davlat gerbiga asos qilib olingan, shuningdek, Toshkentdagi «Turkiston» saroyi oldida uning ramziy monumenti oʻrnatilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые