RADIOTOʻLQINLAR

RADIOTOʻLQINLARtoʻlqin uz. 0,1 mkm dan 10 km gacha boʻlgan elektromagnit toʻlqinlar; boʻshliqda 300000 km/s tezlik bilan tarqaladi. Birinchi boʻlib G. Gers 1888-y. da toʻlqin uz. Yum dan 0,6 m gacha boʻlgan Radiotoʻlqinlarni, rus olimi P. N. Lebedev 1895-y. da toʻlqin uz. 6 mm li elektromagnit toʻlqinni hosil qilgan. A. S. Popov 1895-y. da birinchi marta Radiotoʻlqinlar yordamida 250 m masofaga axborot uzatishni amalga oshirgan va radiotexnikaga asos solgan. Radiotoʻlqinlar hosil qilish va muhitda tarqalish xususiyatiga koʻra xalqaro kelishuvga muvofiq Radiotoʻlqinlar 4 dan to 11 tartib raqamigacha belgilanadigan quyidagi 8 ta diapazonga boʻlinadi. Radiotoʻlqinlar radioaloqa, radiolokatsiya, televideniye, kosmonavtika, radiometeorologiya, radioastronomiya, i. t. ishlari va b. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x