QOʻSHILISH

QOʻSHILISH — arxeologik yodgorlik. Mezolit davri (mil. av. 12-mingyillik)ga oid ibtidoiy odamlar manzilgohi. Boʻzsuv kanalining chap sohili, Qoʻshilish mavzesida joylashgan. Arxeolog V. A. Zaxarevich topgan (1966-y.). 1967-y. Oʻ. Islomov tomonidan tekshirilgan. Qoʻshilishdan toshdan ishlangan mehnat qurollari, ibtidoiy odamlar isteʼmol qilgan hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan va oʻrganilgan. Hamma mehnat qurollari (qirgʻichlar, iskana, oʻroq, randa, pichoqsimon qurollar va b.) mayda tosh parchalari, qisman plastinkalardan tayyorlangan. Ixcham uchburchak mehnat qurollari ham uchraydi. Qoʻshilishni oʻrganish soʻnggi paleolit davridan boshlab Toshkent hududida uzluksiz odam yashaganligidan dalolat beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x