QORATEPA TOGʻLARI

QORATEPA TOGʻLARIZarafshon togʻ tizmasining gʻarbiy qismi. Sharqdan gʻarbga 50 km dan ziyod, shim. dan janubga 35—40 km ga choʻzilgan. Sharqiy qismidagi Chaqilikalon tizmasidan Taxtaqoracha dovoni orqali ajralgan. Oʻrtacha bal. 1000—1500 m, eng baland joyi Qumgʻaza choʻqqisi (2197 m). Qoratepa togʻlarining yon bagʻirlari koʻplab chuqur soy oʻzanlari, shim. da Ilonsoy, Ogʻalik, Oqsoy, Sazagʻonsoy va b., jan. da Qashqadaryoning bir qancha oʻng irmoqlari (Makrid, Oyoqchidaryo, taragʻay va b.) bilan kesilgan. Suvayirgʻich qismining baʼzi joylarida maydoni kichik tekislangan yuzalar uchraydi. Qoratepa togʻlari yirik gumbazsimon gorstantiklinal koʻtarilma boʻlib, asosan, paleozoy davrining magmatik, metamorfik va choʻkindi togʻ jinslaridan (granit, granodiorit, diorit, slanes, qum-gosh, ohaktoshlardan) iborat. Ohak-toshlarda karst relyef shakllari: karrlar, gʻorlar (Pudanali, Kaptarxona. Hazrati Dovud, Tomchiota. Amir Temur gʻorlari va b.) hosil boʻlgan. Iqlimi baland qismida moʻtadil, quyi va gʻarbiy qismlarida kontinen-tal quruq. Iillik yogʻin gʻarbiy qismida 400—450 mm, sharqida 700— 750 mm. Togʻlarda tipik va toʻq boʻz hamda jigarrang tuproqlar tarqalgan. Ularda qoʻngʻirbosh, qorabosh, bugʻdoyiq, turli butalar (bodomcha, naʼmatak va b.), archa oʻsadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x