Oʻzbek sheʼriyati ozarbayjon tilida

12 iyun kuni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida ozarbayjon va oʻzbek tillaridagi “Oʻzbek sheʼriyati gulchambari” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi rasmiy sayti xabar berdi.

Taqdimotda Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi rahbari Samir Abbosov, ozarbayjonlik ijodkorlar – kitob nashriga masʼul Akbar Qoʻshali, muharrir Farid Husayn, tarjimon Shahlo Qosimova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima boʻlimi masʼul kotibi Adhambek Alimbekov, tarjimonlar Muhammadsharif Boboxon va Tohir Qahhor soʻzga chiqib, oʻzbek va ozarbayjon xalqlari tili, dini bir, madaniyati, sanʼati, anʼanalari, urf-odatlari oʻxshash, umumiy adabiy merosga ega qardosh xalqlar ekanini taʼkidladi.

Bugungi kunda ikki xalqning oʻzaro adabiy va madaniy aloqalari yanada yuksak bosqichda davom etmoqda. Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan oʻzbek va ozarbayjon tillaridagi “Oʻzbek sheʼriyati gulshani” kitobining nashr etilgani fikrimiz dalilidir.

Ushbu kitobda Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Shohmamad Togʻlaroʻgʻli va Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining faxriy aʼzosi Shahlo Qosimovaning tarjimasida taniqli oʻzbek shoirlarining sheʼrlari joy olgan.

https://saviya.uz/hayot/jarayon/ozbek-sheriyati-ozarbayjon-tilida/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x