OʻTENIYAZ JIROV

OʻTENIYAZ JIROV (1884 Qoraqalpogʻiston, hoz. Kegeyli tumani Shoʻrtanboy qishlogʻi — 1970) — qoraqalpoq oqini. Erpoʻlat oqinning shogirdi. Yoshligidan xalq qoʻshiqlariga havas qoʻygan. Dastlab Boyniyoz baxshi (1875 — 1925) qoʻshiqlarini yod olib, kuylab yurgan. 19 yoshlarida ustozidan qoʻbiz chalishni, «Alpomish», «Ediga», «Shahriyor» kabi dostonlarni oʻrgangan. Oʻteniyaz jirov «Jiyanqulnoma», «Tumanboynoma», «Aytivornoma», «Ermon jirovnoma», «Dovulboy jirovnomasi», «Nurabullaning yoʻli» kabi qoʻshiqlarni ijro etgan. «Oʻy doʻgʻi», «Qanigul» va boshqalar quylarni yaratgan. Oʻteniyaz jirovdan «Shahriyor» dostonining mukammal varianti yozib olingan, rus va oʻzbek tillariga tarjima etilib, nashr qilingan. Undan yozib olingan ayrim doston, qoʻbiz kuylari, terma va toʻlgʻovlar Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filiali qutubxonasida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x