OʻRTA TAʼLIM

OʻRTA TAʼLIMumumiy taʼlim bosqichlaridan biri; shaxsning jamiyat ijtimoiy hayotida ongli va faol ishtirok etishiga imkon beruvchi bilim, malaka va koʻnikmalari darajasi. OʻzRda Oʻrta taʼlim oʻquvchilarning fanlar asoslari boʻyicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim oʻzlashtirish ehtiyojini, asosiy oʻquvilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan maʼnaviyaxloqiy fazilatlarni, mehnat koʻnikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli munosabatda boʻlishni va kasb tanlashni shakllantirish davri hisoblanadi. U 5—9sinflarni oʻz ichiga oladi. OʻzRning 1997 yil 29 avg. da qabul qilingan «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonunida taʼkidlanishicha, Oʻrta taʼlim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba koʻnikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yoʻnaltirishga va taʼlimning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Oʻrta taʼlim sinflari uchun oʻquv rejasi va dasturlari mavjud. Oʻrta taʼlim oʻquv rejasi asosida oʻzbek tili, ona tili va adabiyotning tizimli kursi, chet tillari, Vatan va jahon tarixi, algebra, geom., trigonometriya, fizika, astronomiya, kimyo, biol., chizmachilik, tabiat va geogr., jismoniy tarbiya, informatika, musiqa madaniyati, tasviriy sanʼat, davlat va huquq asoslari, inson va jamiyat, iqtisodiy bilim asoslari, Vatan tuygʻusi, milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari, mehnat, harbiy xizmatga chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash va boshqalar fanlar boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Oʻrta taʼlimda maktab dasturida belgilangan bilim, malaka va koʻnikmalarni oʻrganish hamda hosil qilishga erishish uchun taʼlimning turli usullari, shakllari hamda vositalaridan foydalanish asosida ish olib borish talab qilinadi (yana q. Umumiy oʻrta taʼlim maktabi). Oʻ. t. tugallanganidan keyin taʼlim fanlari va ular boʻiicha olingan baholar koʻrsatilgan holda davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi attestat beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x