Nazariy maʼlumot: hadis haqida

“Hadis” va “sunnat” soʻzlari Janob paygʻambarimizning aytganlari, feʼl-atvorlari, axloqlari, taqrirlari va paygʻambarlikka qadar boʻlgan hamda paygʻambarlik yillaridagi siyratlarini, yaʼni hayot yoʻllarini anglatadi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning turli sharoitlarda shariat ahkomlariga oid aytgan soʻzlari ham hadisdir. Hadislar Janob paygʻambarimiz hayotliklarida jamlangan emas. Chunki Janob Rasululloh sahobalarga (atrofidagi yaqinlariga): “Mendan Qurʼoni karimdan boʻlak hech narsani yozib olmanglar!” der ekanlar. Faqat ayrim sahobalarga oʻz shaxsiy maqsadlari uchun hadislarni qayd qilib borishga ijozat bergan ekanlar.

Oradan maʼlum yillar oʻtgach milliy-siyosiy ixtiloflar, oʻz qarashlariga foyda keltirish maqsadida paygʻambarimiz nomidan yolgʻon hadislar toʻqish, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz hadislar yuzaga kelgan. Ana shunday bir sharoitda oʻzining butun bilim va hayotini toʻgʻri hadislarni aniqlab, jamlashga sarflagan kishilardan biri xalifa Umar boʻlganlar.

Hadis ilmi bilan shugʻullangan kishilarni muhaddislar deb ataganlar. Movarounnahrda birinchi boʻlib hadis toʻplamini jamlagan muhaddis Imom Abdulloh ibn Muborak alMarvaziydirlar. Undan tashqari al-Buxoriygacha oʻnta olim hadis ilmi bilan shugʻullangan. Imom Buxoriyning “Al-Jomiʼ as-sahih” (“Ishonarli toʻplam”) kitobi toʻrt jilddan iborat hadislar toʻplami boshqa toʻplamlar orasida eng ishonarli va mukammali hisoblanadi. Bundan tashqari uning hadis ilmiga bagʻishlangan oʻndan ortiq asarlari mavjud.

 

Nazira GʻULOMOVA

 

“Ona tili va adabiyot” (“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, Toshkent – 2014) darsligidan

https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/nazariy-malumot-hadis-haqida/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x