METASOMATIK TOGʻ JINSLARI

METASOMATIK TOGʻ JINSLARImetasomatizm natijasida hosil boʻlgan togʻ jinslari. Joylashish sharoitlari, hosil boʻlish t-rasi va gidrotermal jarayonlarning bosqichlariga qarab Metasomatik togʻ jinslarining turli guruhlari farq kilinadi. Yuqori t-rali dastlabki ishqoriy bosqichdagi mahsulotlarga magneziyli va ohaktoshli skarnlar kiradi, ular, odatda, granit va siyenitlarning karbonatli jinslar bilan kontaktida hosil boʻladi. Bular bilan magnetitli, boratli, borsilikatli, flogopit rudalari bogʻliq. Kislotali bosqichga greyzenlar (qalay, volfram, berilli rudalanish) va ikkilamchi kvarsitlar (mis, molibdenli rudalanish)ning vujudga kelishi xos. Soʻnggi ishqoriy va unga oʻtish bosqichiga metasomatizm mahsulotlari mansub. Vulkanik oblastlarda propolitlar tarqalgan.

Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda skarnlisheyelitli, skarnli-poli-metall, kvars-seritsitli metasomatidlar (oltinli), kvars-xloritli (mis-forfirli) konlar boʻlgan jinslar va rudali formatsiyalar maʼlum.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x