«MAʼRIFAT» — Toshkentda haftasiga 2-marta chiqadigan maʼrifiy va ijtimoiysiyosiy yoʻnalishdagi xalq ziyolilari gaz. Muassislari — OʻzR Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari, Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmalari markaziy qoʻmitasi. Dastlab 1931-y. 4-iyulda «Madaniy inqilob» nomi bilan chiqqan. 1938-y. 25 yanv. dan «Oʻqituvchilar gazetasi» nomi b-n, 1991-y. iyuldan hoz. nomdachiqadi. 1941-y. 1-iyuldan 1946-y. 9-martgacha gaz. vaqtincha oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Gaz. taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarni, «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonun va «Kadrlar tay-yorlash milliy dasturi»da koʻzda tutilgan masalalarni muntazam yoritib boradi. Gaz. turli rukn va sahifalarda mamlakatimizning bugungi taʼlim tizimi hayotidan hikoya qiladigan mav-zularda har xil materiallar eʼlon qiladi. Gaz. da yosh avlod ongida milliy istiklol gʻoyasini shakllantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mavzui boʻyicha «Milliy istiqlol gʻoyasi» rukni tashkil etilgan. Ushbu ruknda berib borilayotgan maqolalar taʼlim xodimlari uchun eng zarur uslubiy manba boʻlib xizmat qilmoqda. Gaz. ga turli davrlarda A. Xoʻjaxonov, B. Xalilov, I. Oʻktamov, H. Koʻrikboyev, R. Usmonov, Sh. Maqsudov, A. Dolimov, S. Hakimov va b. bosh muharrirlik qilishgan. 1996-y. dan bosh muharrir — H. Saidov. Adadi 28 mingga yaqin (2003).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые