MANGʻISHLOQ NEFT-GAZ RAYONI — Qozogʻistonning gʻarbiy qismida, Mangʻishloq ya. o. da joylashgan. Uning neft va gaz bilan bogʻliq qismi Mangʻishloqjan. dagi egilmada. Egilmaning uz. 300 km, eni 130 km. Rayonning neftgazliligi 1961-y. dan maʼlum boʻlgan, 1965-y. dan neft chiqarila boshlagan. 15 dan ortiq neft, neftgaz va gaz konlari ochilgan. Geologik jihatdan Mangʻishloq jan. Turon plitasida joylashgan. Eng qad. yotqiziklar perm va trias davriga mansub. Ular markaziy qismida 4 km chuqurlikda yotadi. Kesimdagi yotqiziqlar, asosan, terrigen jinslardan iborat. Sanoat ahamiyatiga ega neftgazlilik trias, yura va boʻr yotqiziqlari b-n bogʻliq. Bu yotqiziqlardagi neftgaz qatlamlari qalinligi 1 m dan 25 m gacha boʻlib, quduqlar debiti 25 ming m3/sutka. Yura mahsuldor qatlamining foydali kalinligi 65 m, gaz debiti 800 ming m3/ sutkaga teng. Engʻ yirik neftgaz konlari: Uzen, Tanga, Shaxpaxti, Jetiboy va b. Barcha konlardagi neftning fizik va kimyoviy xususiyatlari oʻxshash: yengil, s. of. 0,82—0,87 g/sm3, smola mikdori 4,5— 19,4% parafin koʻp (12—29%), oltingugurt deyarli yoʻq. Gazlari metanli boʻlib (90%), ogʻir uglevodorodlar miqdori kam (1—2%), qovushqoqligi ham yuqori emas.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые