KOʻNIKMA

KOʻNIKMA — insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. Koʻnikmalar amaliy faoliyatga, bilimlarni amalda qoʻllay bilishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir. Koʻnikma faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usullaridir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi. Koʻnikma mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy Koʻnikmalar mehnat faoliyatini amalga oshirishga, aqliy K. lar bilim olishga, uni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Koʻnikmalarni bilim bilan adashtirmaslik lozim, chunki bilimlar voqelik toʻgʻri aks ettirilgan hukm (mulohaza)larda ifodalanadi. Koʻnikmalar esa koʻproq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x