KOʻKS ORALIGʻI (Mediastinum) – odam va b. sut emizuvchilarda koʻkrak boʻshligʻining oʻrta qismi. Oldindan toʻsh suyagi, orqadan umurtqa pogʻovasi, ikki yon tomondan oʻng va chap plevra xaltalari, pastdan diafragma bilan chegaralangan. Koʻks oraligʻini shartli ravishda ikkiga: old va orqa qismlarga boʻlinadi. Uning oldingi qismida yurak, kekirdak, ayrisimon bez va b. ; orqa qismida esa aorta, qizilungach, katta venalar va h. k. bor. K. o. yuqoridan boʻyin qismiga qoʻshilgan, pastdan qorin boʻshligʻidan ajralgan. Koʻks oraligʻi kasalliklari uning maʼlum bir qismigagiva xos boʻlib, bu diagnostik ahamiyatga ega. Koʻks oraligʻi aʼzolarining ochiq yoki yopiq shikastlanishlari jarroxlik yoʻli bilan davolanadi. Bu sohada kista, oʻsmalar, yalligʻlanishlar va b. kuzatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые