JETIOʻGʻUZ — Qirgʻiziston Respublikasidagi balneologik kurort, Qorakoʻldan 28 km, Bishkekdan 411 km. Terskay Olatovning shim. yon bagʻrida, Jetioʻgʻuz soyi boʻyida, 2200—2400 m balandlikda. Yozi moʻtadil iliq (iyulning oʻrtacha t-rasi 16°), qishi yumshoq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 6°), yiliga 350 mm yogʻin yogʻadi. Radonli issiq (37,5°—43,5°) va natriy-kalsiy xloridli buloqlar bor. Shu buloqlarning suvi vannaga ishlatiladi. Tayanch-harakat organlari, periferik nerv sistemasi, ginekologik, teri kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar davolanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые