Hind donishmandlarining toʻrt hikmati

Ibn Muqaffa shunday hikoya qiladi:

– Hind donishmandlari yozgan kitoblar yuz tuyaga yuk boʻldi. Ular podshosi qisqartirishni talab qildi, ular ikki tuya yukiga keltirdilar; yana qisqartirilsin dedi, bari toʻrt kalimaga keltirildi.

Birinchi kalima podsholarni adolatga chaqirar edi.

 

Agar podsho ishi boʻlsa adolat,

Katta-kichik hayotinda farogʻat.

 

Dili vayron yigʻlar siyna chok,

Demak, unga zulm qilmish bir nopok.

 

Gar zamonda ofatlari balodir,

Faqat podsho adolati davodir.

 

Ikkinchi kalima yaxshilik qilish va shoh farmonlarini bajarish haqida raiyatga nasihat edi.

 

Shoh zulmi tuxmidin xalq ichra doim qoʻzgʻolon,

Bugʻdoy olmish qay kishi shudgorga sochib arpa don.

 

Uchinchi kalima salomatlikni saqlash, qorin ochmay turib, taomga qoʻl urmaslik va toʻyib ketmay turib, undan qoʻl torshsh haqida:

 

Kasal sababidan saqlan avvalo,

Tabibdan tegmagay qoʻpol soʻz-balo.

Ortib toʻyib ketmay yemakdan tiyil,

Ochiqmay taomga qoʻl urma aslo.

 

Toʻrtinchi kalima begonalarga qaramaslik haqida xotinlarga nasihat edi.

 

Tan mahramidan oʻzga boʻlsa hamki husndor,

Sodiq ayol qaramas begonaga biror bor.

Falak oyi boʻlsa ham husnda u yagona,

Hayolik ayol doim begonaga begona.

 

Abdurahmon JOMIY

 

“Bahoriston” dan.

https://saviya.uz/ijod/nasr/hind-donishmandlarining-tort-hikmati/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x